Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Azizim

“Azizim” 1885 yil - Mopassanning uchinchi respublika davridagi fransuz burjua jamiyati illatlari avj olgan sotqinlikni fosh etgan ikkinchi mashhur romani sanaladi. Asarning bosh qahramoni qishloq qovoqxonachisining o‘g‘li Jorj Dyuruadir. U Afrikada askar bo‘lib xizmat qilgan va mustamlaka xalqlarni kamsitish va o‘ljani qo‘lga kiritishga qaratilgan harakatlarda qatnashadi. Bular qahramon feʼl-atvorining qo‘pol shaxsiyatparast bo‘lib shakllanishiga taʼsir etadi.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
Asarda 19-asr oxirlarida Fransiyaning Afrikadagi bosqinchilik urushlarida xizmat qilgan, Parijga qaytgach, qashshoqlik azobi suyak-suyaklaridan o’tib ketgan yosh bir yigit haqida hikoya qilinadi va qay yo’l bilan bo’lsa ham davlat orttirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan bu yigit Parij jamiyatining elita qatlami ichida o’z omadini sinab ko’rmoqchi bo’ladi. Bu qatlamning eng baland pog’onalaridagi kuch-qudrat esa, erkaklardan ham ko’ra ko’proq ularning rafiqalari qo’lida bo’ladi. Yigitcha o’z maqsadi yo’lida avval qaysi xonimni aqldan ozdirishi zarurligini darhol anglab yetadi va firibgarona sarguzashtlarini boshlaydi… Bu asar realizm uslubida yozilgan ilk romanlardan hisoblansa-da, aqlliligi, haqiqatga o’ta yaqinligi bilan hanuzgacha kitobxonlarni lol qoldiradi.
Kitob nomi: Azizim
Kitobning asl nomi: Azizim
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Fransuz
Formati: A5
ISBN: 978-9943-6327-7-6
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Yangi Kitob
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar