Aqiydatut-Tahoviya sharhining talxiysi
U kishining tavhid yo‘lida va sunnatni saqlab qolish yo‘lida jiddu jahd qilgan ahli baytlariga va sahobalariga ham salomlar bo‘lsin. So‘ngra ma’lum bo‘lsinkim, bandalikning asosiy tayanchi aqiyda va iymonning to‘g‘ri bo‘lishidadir. Chunki aqiydasiga putur yetgan, iymoniga buzuqlik oriz bo‘lgan kishining ibodati qabul bo‘lmaydi va qilgan amali to‘g‘ri bo‘lmaydi. Kimning aqiydasi to‘g‘ri bo‘lsa, iymoni mustaqiym bo‘lsa, oz amali ham ko‘p bo‘ladi. Ya’ni Alloh taolo unga aqiydasi va iymoni barakotidan najot beradi. Shuning uchun ham har bir musulmon o‘z iymonini to‘g‘rilashda va aqiydasini isloh qilishda imkoniyatlarini ayamasligi kerak. To‘g‘ri aqiydali bo‘lish uning g‘oyasi va birdan-bir so‘rovi bo‘lmog‘i, boshqa narsani qo‘yib, unda bir daqiqa bo‘lsa ham ortda qolmasligi zarur.
Kitob nomi: | Aqiydatut-Tahoviya sharhining talxiysi |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Aqiydatut-Tahoviya sharhining talxiysi |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | O'zbekcha |
Formati: | Qattiq / 448 |
ISBN: | 978-9943-5476-6-7 |
Nashr yili: | 2019 |
Nashriyotchi: | Hilol nashr |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |