Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Abadiyat qonuni

 Abadiyat qonuni asari  gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadze tomonidan yozilgan. Asar 1978-yilda yozilgan va uning janri roman.  Abadiyat qonuni romani  Gruziyaning oʻzida mashxur bo'libgina qolmay, balki koʻplab boshqa yurtlarda ham izlab topib oʻqiladigan asarlar qatoridan joy olgan.1983-yilda oʻzbek tiliga tarjima qilingan va 30 000 nusxada nashr etilgan. Keyinchalik 2011-2014-yillarda Sharq NMAK tomindan hikoyalar bilan birga 463 betli qattiq muqovada qayta nashr etilgan.Roman qahramoni yozuvchi Bachana Ramishvili yurak xurujidan soʻng kasalxonaga tushadi. Kasalxonada u butun hayotini birma bir eslaydi va abadiyat qonunini kashf etadi.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
"Abadiyat qonuni" asarini o'qir ekansiz  insonning hayotda tutgan oʻrni,  fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari haqidagi bilimlarga ega bo'la olasiz va uchratasiz. Adibning ko'p asarlaridagi  hodisalar insonlar taqdiri oʻzining oʻtkir dramatizmi bilan birga samimiy yumori bilan ham oʻquvchi yodida uzoq saqlanib qoladi. Bosh qahramon ta'kidlab o'tganimizdek  Bachana Ramishvili bo'lib, haqiqiy maʼnodagi sodda va samimiy yozuvchi obrazida tasvirlangan. U taʼmagirlarni va poraxoʻrlarni yomon koʻradi. Asarda mehr-oqibat, muhabbat, nafrat, shodlik, hayo va or-nomus tushunchalari uygʻunlashtirilgan.
Kitob nomi: Abadiyat qonuni
Kitobning asl nomi: მარადისობის კანონი
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: Gruzin
Formati: A5
ISBN: 978-9943-7023-3-2
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Zukko kitobxon
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar