Avlodlar dovoni
«Avlodlar dovoni» asarida shavkatli Humoyunning otadan qolgan meros – Hindistondagi saltanatni boshqarishi, ichki va tashqi dushmanlar, muxoliflar bilan ayovsiz kurashi, ayrim qattiqqo‘lligi, hayot va sharoit taqozosi bilan tutgan yo‘riqlari, taxtning vafo-yu jafolarini boshdan kechirgan holatlari go‘zal tasvirlanadi.Akbarni izlanuvchi, qiynaluvchi, ba’zan adashuvchi, lekin ota-bobolarga munosib ravishda oqil va donishmand qiyofada ko‘ramiz. Butkul umrini Hindistondagi xalqlar boshini biriktirish yo‘liga, tinchlikni barqaror qilishga sarflaydi. Buning uchun u jamiyatni boshqarish yo‘rig‘iga, urug‘-aymoqlararo munosabatlarga qator islohotlar kiritadi. Turli diniy e’tiqodlarga mansub kishilarning ixtilofini bartaraf etishga jon kuydiradi. Hatto turli e’tiqodlarning mushtarakligini ta’minlovchi umumiy din bo‘lishini orzu qiladi. Hind go‘zali Rani Jodha Bayga uylanishi ana shu ulug‘ niyatlariga tutashib ketadi.
Kitob nomi: | Avlodlar dovoni |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Avlodlar dovoni |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | O'zbekcha |
Formati: | Qattiq/656 |
ISBN: | 978-9943-20-272-6 |
Nashr yili: | 2019 |
Nashriyotchi: | Yangi asr avlodi |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |