Taqrizlar Barchasi 3
-
7-may 2023 y. 17:16
167
Biz so'raydigan noto'g'ri savollar va uning o'rniga biz so'raydigan to'g'ri savollar:
1. Nega ishim o'xshamay qoladi? emas ishim samaraliroq bo'lishi uchun nima qilishim kerak?
2. Nima uchun odamlar menga shunday qiladi? emas Qanday qilsam odamlar bilan munosabatni yaxshiroq o'rnata olaman?
3. Qachon menga kimdur o'rgatadi? emas O'zimni rivojlantirishim uchun nimalar qilishim kerak?
4. Qachon meni kimdur eshitadi? emas Fikrlarimni ijodiyroq tarzda bayon etishim uchun nima qilishim kerak?
5. Qachon ota-onam meni tushunadi? emas Qanday qilib otam va onamga hurmatimni ko'rsata olaman?
6. Nega do'stlarim meni qadrlamaydi? emas Qanday qilib yaxshi do'st bo'la olaman?
7. Nega yoshlar o'qiymaydi? emas Qanday qilib …
-
7-may 2023 y. 17:06
241
Biz juda ko'p seminarlarga qatnashamiz. Kitoblar sotib olamiz. Sanoqsiz interyular tinglaymiz.
Lekin hammasi behuda! Qachonki o'rganayotgan narsalarimizni asli nima ekanini aniq bilmasak. O'rganish - qatnashish, tinglash yoki o'qish emas. Bu shunchaki bilim olish ham emas. O'rganish, asli, to'g'ri amal haqidagi bilimni shu bilimga asoslangan harakatga aylantirish. Boshqacha aytganda, u o'zgarishni anglatadi.
O'rganish o'zgarish demakdir. Agar o'zgarmagan bo'lsak, demak, o'rganmabmiz.
Kamina bugun mana shularni o'rgandim, sizchi?
-
2-yanvar 2022 y. 23:17
340
SOS - Savol ortidagi savol
Asaxiy tomonidan tarjima qilib, savdoga chiqarilgan kitobcha.
Bu kitobchaga ko'proq qo'llanma sifatida qarasa bo'ladi. Uni bir o'tirishda o'qib tugatish mumkin. Unda shu yo'nalishdagi deyarli barcha kitoblardagi kabi har xil voqealar, muallif kuzatishlari keltirilgan va ularni har biridan kerakli xulosalar chiqarilgan.
Qo'llanmada asosiy urg'u shaxsiy javobgarlikka, har qanday vaziyatda to'g'ri savollar berishga qaratilgan.
Agar har bir inson shu qo'llanmada aytib o'tilgan tavsiya va maslahatlarga amal qilsa ish, shaxsiy hayot, boshqa insonlar bilan munosabatlarda ijobiy o'zgarishlarga erishishi mumkin.
Iqtiboslar:
- Stress, bu - tanlov!
- Shaxsiy javobgarlik SEN bilan boshlanadi!
- Kamtarlik yetakchilikning tamal toshidir.
- Do'stim …