-
20-may 2023 y. 21:15
144
Asarning bosh qahramoni - keksa matematik - zo‘r iqtidor egasi bo‘ladi-yu, o‘sha davr jamiyatining kamchiliklari girdobidan chiqib keta olmay, o‘zidagi kashfiyotlarni vaqtida dunyoga yoya olmagan ilm kishisi.
Bizning nazarimizda ilm kishisiga yot bo‘lgan xarakter: xudbinlik, mezonni bilmaslik, yon atrofdagilar bilan hamohang yashamaganligi bois oxir - oqibat telbaga aylandi... O‘z iqtidorini ko‘rsata olmasligiga, mana shunday ayanchli ahvolga tushishiga o‘zi va o‘sha davr jamiyati aybdor.
‘‘Turmush o‘rtoq’’ masalasida ham asar qahramonining omadi yurishmagan. Omad bo‘lmasligi mumkin, ammo harakat qilib o‘sha rafiqasini ham tarbiya qilsa bo‘lar edi.
Asardagi bosh g‘oya - haqiqiy ilm kishisini yaratish, ilm qadriga yetish. (Mening nazarimda) Asardagi ‘‘- men portfelimdagi o‘tgan kuni ikkinchi ish joyimdan olgan maoshimni chiqardim, ... Bu sizga. Oz bo‘lsayam ko‘p o‘rnida nima qilasiz? Ko‘rasiz. To‘yona deganday.’’ - deyilgan fikrlar ilm ahlini pul borasida tanti ekanini, shogirdiga bo‘lgan mehr tuyg‘ularini ko‘rib, haqiqat, deb yuborasan kishi ich - ichingdan.
Asarni o‘qir ekanmiz, mana shu kunlarimizga shukronalik tuyg‘usini yana bir bor his etamiz. Ilm ahliga yaratilayotgan sharoitdan, iqtidor egalari devorlar ortida qolib ketmasligidan quvonasan kishi.
Asar o‘ziga xos yozilgan. Asardagi atamalar ham kishi diqqatini tortadi.
‘‘Vaqt arifmetik progressiyada o‘sgani sayin baxtingiz geometrik progressiyada ko‘paya borsin.’’ Asar qahramoni ham ishonadi kelajak egalari baxtli bo‘lishiga...
Izohlar 0