-
7-may 2023 y. 17:09
346
Kitobni tugatganimga mana ikki kun bo'ldi. Xulosa yozaman deb kompyuterim oldiga kelaman yoza olmay qaytaman yoki boshqa ishga o'tib ketaman. Nimaga bunday bo'lmoqda o'zim ham tushunmayman. Bir narsa yozmoqchi bo'lsam ozgina taraddud bilan tez yozib nihoyasiga yetkazaman lekin bu kitob xulosasiga kelganda dilim va zikrimga hech vaqt hech narsa kelmasa deng. Buni ham o'zining bir hikmati bor.
O'zimcha ko'p o'yladim. Alisher Navoiy hazratlarini avliyo bo'lganlar. U zot haqida xulosa yozish, sifatlarini tarif qilish bizdeklarga emas deyman o'zimga o'zim. Yuqoridagi omillarni hisobga olib kitobdan iqtibos keltiramanda, do'stlarim, qadrdonlarim va shogirtlarimga ushbu kitobni o'qishni tavsiya qilaman. Xulosani o'zingiz berasiz shunda.
"Davlat uchun qo'shinning ne darajada kerakli ekanini biz ham bilurmiz, - majlisga qarab gapirdi Navoiy. O'z qo'shiniga ota singari g'amxo'rlik qilmagan har bir podshoh, garchi u qahramonlik maydonida Rustam bo'lsin, oxirida pushaymon bo'lur. Shuning uchun qo'shin ahvolidan dastavval o'z boshliqlari hamisha ogoh bo'lib, ularni kerakli anjon bilan ta'min qilmoqlari zarurdir. Ammo navkarlar ham bu iltifotga yarashguday, davlatga sadoqatli bo'lishlari shart. Afsus, ming afsuski, navkarlarning aksari yashnagan ekinzorlarni qurituvchi chigirtkaga aylanganlarki, bu qabih harakatlarga adolatli davlatda aslo yo'l qo'yilmas."
Izohlar 0