Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 7-may 2023 y. 16:57

    124

    Kitobga xulosa yozishdan oldin kitob haqida bir necha fikrlarimni bildirmoqchiman.

    1. Kitobni tarjima qilgan "Asaxiy books" jamoasiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Xususan loyiha rahbari Firuz Allaev va tarjimon Orifa G'ulomovaga rahmatlar aytib qolaman.

    2. Kitob 16+ ishorasi bilan chiqqan. Buni boshida dasturlash va IT ga doir bo'lgani uchun shundaymikin degandim, adashgan ekanman. Kitobni ikki joyida biz ko'rsak ko'zimizni yopadigan, o'qisak tashlab ketadigan joylari bor ekan. Taklifim shuki, ana shu joylariga yaxshilab ahamiyat berdim. O'sha joylari olib tashlansa asarni mazmun-mohiyatiga ta'sir o'tkazmas ekan. Iltimos olib tashlanglar. Keyin biz bu asarni yosh kitobxonlarga ham bera olamiz. Sababi IT ga qiziqtirish uchun judayam yaxshi asar.

    3. Kitob sifati va tarjimasida g'alizlik ko'rmadim. Firuz aka bilan ko'rishganimizda ham asar ustida ko'p ishlar qilishganini aytib bergan edilar.

    “Raqamli qalʼa” romani Den Braunning ilk romani boʻlib, asar 1998-yilda yozilgan. Asarning yozilishiga Den Braun hayotda oʻzi guvohi boʻlgan voqea sabab boʻladi. Den Braun oʻzi dars beradigan Universitetdagi talaba doʻstiga elektron pochta orqali hazillashib AQSH prezidentiga suiqasd qilmoqchi ekanligini yozganligidan soʻng AQSH “Milliy xavfsizlik agentligi“ xodimlari tomonidan qoʻlga olinadi. Milliy xavfsizlik agentligi eng sirli agentliklardan biri boʻlib, uning vazifasi fuqarolarni kuzatib borishdir. Bu vaziyat uni qiziqtirib qoʻyadi va u elektron xavfsizlik haqida asar yozishga qaror qiladi. Uyiga kelib asarni yoza boshlagan paytda elektron pochta orqali virus kelib, kompyuterining qattiq diski kuyib qoladi. Bundan xavotir olgan Den Braun “Milliy xavfsizlik agentligi“ va undagi dovyurak razvedkachilar haqida shov-shuvli kitobni chop etadi.

    Asarda raqamli xavfsizlik, vatan xavfsizligi yoʻlida ishlaydigan jasur shaxslarning hayoti, ular uchraydigan xavf masalalari koʻtarilgan. Ushbu asarda ham vatanparvarlik, ham ehtirosli sevgi, ham qiziqarli maʼlumotlar, ham sizni oʻz dunyosiga sayohat qildiradigan ajoyib syujetni topasiz. Asar voqealari AQSH, Ispaniya, Yaponiya kabi mamlakatlar hududida oʻtishi, voqealarning tez va kutilmagan rivoji sizni oʻziga maftun qiladi.

    Siz ushbu kitobni o'qiganmisiz?

    Baholash: 0
Izohlar 0