Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 24-yanvar 2022 y. 1:43

    353

    Nima uchundir bu kitobni bir nafasda o'qib chiqdim. Tarjima sifati yaxshi(lekin kitobda ba'zi imloviy xatoliklar bor).
    Asar qahramonini yashirin qobilyati bo'ladi, soyalar bilan gaplasha oladi. Ular orqali soya egasini ichki dunyosi bilan suhbatlashadi.
    Qahramon shu qobilyati orqali boshqalarga yordam berishga harakat qiladi. Kitob boshida undagi barcha voqealar qahramonning shu qobilyati atrofida kechadi degan fikr kelishi mumkin, lekin unday emas.
    Asar to'liq mazmunini uni o'qib bilib olishingiz mumkin.
    Bu kitob ota va ona, ota va bola, ona va bola, ikkit yaqin do'st, ikki sevishganlar orasidagi munosabatlar haqida. Ba'zida o'qish, ish deb o'z umrini bizga bag'ishlagan insonlarni unutib qo'yish, ularga g'amxo'rlik qilishni "keyinga" qoldirish haqida(ba'zida bundan vaqt hech qachon kelmasligi mumkin). Bu kitob hech qachon insonlarni bir-biri bilan solishtirmaslik haqida. Har bir inson o'zi uchun o'zi qaror qabul qilishi kerakligi haqida. Va hech qachon ilojisiz narsani aytib qasam ichmaslik haqida(balkim hech qachon qasam ichmaslik kerekdir). 
    Kitobni o'qishni maslahat beraman. U insonlarga(aqnisa yaqinlarimizga) bo'lgan munosabatimizni qayta ko'rib chiqishimizga turtki berishi mumkin.

    Baholash: 0
Izohlar 0