Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Mark Levi

Tug'ilgan sanasi: 16 - oktabr, 1961 Davlati: Fransiya

 Mark Levi - fransuz romanist yozuvchisi. U 1961-yilda Bulonida tug'iladi. 

18 yoshidan Qizil Xoch jamiyatida ishlab boshlagan va u yerda 6 yil umrini  oʻtkazgan Mark Levi boy hayotiy tajribaga ega yozuvchidir. Jamiyatdagi faoliyatidan soʻng Mark Fransiya va Qoʻshma Shtatlarda kompyuter grafikasiga ixtisoslashgan kompaniyani yaratadi. Undan soʻng u arxitektura firmasini boshqargan.


2000 yilda Mark Levi oʻzining “Agar rost boʻlsa-chi” deb nomlangan birinchi romanini nashr etdi ... Shundan soʻng muvaffaqiyatga boy yillar boshlandi. Yigirma yil davomida u adib sifatida million muxlislarga ega boʻldi. 


Uning kitoblari 49 tilga tarjima qilingan, 50 million nusxada sotilgan, ular asosida kinolar suratga olingan. 

Bugungi kunda Mark Levi dunyodagi eng koʻp oʻqiladigan zamonaviy fransuz yozuvchi hisoblanadi.

Yozuvchi kitoblari