Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Soya o'g'risi

Bolaligida u uchratgan insonlarining soyalarini oʻgʻirlaydi ... va bu soyalarning har biri unga egasining sirlarini aytib beradi.U soyalardan insonlarning orzularini, umidlarini va qaygʻularini eshitadi. Bu gʻalati qobiliyat bilan nima qilish kerak ...?

4 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
2 o'qigan
 
1 Taqriz
Bolaligida u uchratgan insonlarining soyalarini oʻgʻirlaydi ... va bu soyalarning har biri unga egasining sirlarini aytib beradi.U soyalardan insonlarning orzularini, umidlarini va qaygʻularini eshitadi. Bu gʻalati qobiliyat bilan nima qilish kerak ...?Bir necha yil oʻtgach, “soya oʻgʻrisi” tibbiyot fakulteti talabasi boʻldi ... U kursdosh qiz Sofi yoki eng yaqin doʻsti Luyk kabi yaqinlarini nima xursand qilishi mumkinligini hali ham taxmin qila oladimi? Ular hayotini oʻzgartirishi uchun nima qilishlari kerak?Va  ularni baxt qayerda kutayotganini u biladimi?Bu sevgi haqida asar. Onaning sevgisi. Unutilmas birinchi sevgi. Yakuniga yetayotgan sevgi... Bir umrlik doʻstlik... Soya oʻgʻrisi samimiy sevgi hikoyasidir.
Kitob nomi: Soya o'g'risi
Kitobning asl nomi: Le voleur d'ombres
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Fransuzcha
Formati: Yumshoq / 208
ISBN: 978-9943-7085-0-1
Nashr yili: 2021
Nashriyotchi: Yosh kuch
Seriya: 0
Yosh chegarasi: None dan None gacha

Taqrizlar

  • 24-yanvar 2022 y. 1:43

    296

    Nima uchundir bu kitobni bir nafasda o'qib chiqdim. Tarjima sifati yaxshi(lekin kitobda ba'zi imloviy xatoliklar bor).
    Asar qahramonini yashirin qobilyati bo'ladi, soyalar bilan gaplasha oladi. Ular orqali soya egasini ichki dunyosi bilan suhbatlashadi.
    Qahramon shu qobilyati orqali boshqalarga yordam berishga harakat qiladi. Kitob boshida undagi barcha voqealar qahramonning shu qobilyati atrofida kechadi degan fikr kelishi mumkin, lekin unday emas.
    Asar to'liq mazmunini uni o'qib bilib olishingiz mumkin.
    Bu kitob ota va ona, ota va bola, ona va bola, ikkit yaqin do'st, ikki sevishganlar orasidagi munosabatlar haqida. Ba'zida o'qish, ish deb o'z umrini bizga bag'ishlagan insonlarni unutib qo'yish, ularga g'amxo'rlik qilishni …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

  • Murodjon Normatov

    24-yanvar 2022 y. 1:33

    Butun umringizni bolalaringizni o’stirishga bag’ishlasangiz, va birorta ham bolangiz sizni yo’qlamasa, hatto qo’ng’iroq ham qilmasa, aqldan ozishingiz tayin – hamma narsani top-toza qilib o’chirib tashlashni xohlaysiz.

  • Murodjon Normatov

    24-yanvar 2022 y. 1:33

    Do’stdan ajrashish oson emas. Maktabni o’zgartirganimdan keyin men bunga ko’nikishim kerak edi, biroq yo’q, har safar bir xil, sen yo’qotgan inson bilan sening bir qisming ham ketadi, axir do’stlik – xuddi sevgiga o’xshaydi. Yaxshisi hech kimga bog’lanib qolmaslik kerak, bu juda ham xavfli.

  • Murodjon Normatov

    24-yanvar 2022 y. 1:35

    Qirq metrlik balandlikdan butun shaharcha ko’rinsa kerak: qo’ng’iroqli cherkov, katta ko’cha, maydondagi karusel, dalalarga ketayotgan yo’l. Agar arqonni qo’lingizdan chiqarib yuborsangiz, butun mamlakatni ko’rish mumkin, hamroh shamol bilan butun Yer yuzini aylanib chiqish, sizga kerak bo’lgan odamlarni tepalikdan ko’rish imkoni bor. Men ham varrak bo’lishni istardim.

  • Murodjon Normatov

    24-yanvar 2022 y. 1:36

    Sen mening tasavvurimdagidek eding – oldingidan ham chiroyliroq ayol. Sening sochlaring yelkalaringga tushar, menimcha sen violonchel kamonchasini ko’targaningda biroz xalaqit ham berardi. 

Janr bo'yicha boshqa kitoblar