Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 2-yanvar 2022 y. 23:17

    340

    SOS - Savol ortidagi savol
    Asaxiy tomonidan tarjima qilib, savdoga chiqarilgan kitobcha.
    Bu kitobchaga ko'proq qo'llanma sifatida qarasa bo'ladi. Uni bir o'tirishda o'qib tugatish mumkin. Unda shu yo'nalishdagi deyarli barcha kitoblardagi kabi har xil voqealar, muallif kuzatishlari keltirilgan va ularni har biridan kerakli xulosalar chiqarilgan. 
    Qo'llanmada asosiy urg'u shaxsiy javobgarlikka, har qanday vaziyatda to'g'ri savollar berishga qaratilgan.
    Agar har bir inson shu qo'llanmada aytib o'tilgan tavsiya va maslahatlarga amal qilsa ish, shaxsiy hayot, boshqa insonlar bilan munosabatlarda ijobiy o'zgarishlarga erishishi mumkin.
    Iqtiboslar:
    - Stress, bu - tanlov!
    - Shaxsiy javobgarlik SEN bilan boshlanadi!
    - Kamtarlik yetakchilikning tamal toshidir.
    - Do'stim bir safar "Buyruq kutayotgan odam bo'lishdan ko'ra kutishga buyurilgan odam bo'lgan yaxshiroq", deya aytgandi. Nima qilishni aniqlab oling, so'ngra ishga kirishing.
    - Harakat o'zingizga bo'lgan ishonchni mustahkamlaydi; harakatsizlik esa shubhani.
    - Murabbiylar ichida eng qudratlisi o'rnak bo'lishdir.
    - Harakat jasoratni talab qiladi. Harakatsizlik ko'pincha qo'rquvdan darak beradi.

    Baholash: 0