-
31-oktabr 2021 y. 15:28
856
Ba'zan shunday bo'ladi. Bironta suyumli muallifingiz qancha ko'p o'qisangiz, ularning asarlari bir kun kelib tugashidan shunchalik afsuslanasiz. Menda shu toifaga kiruvchi bir necha adiblar bor, ulardan biri shubhasiz - Markes!
Bugun men sizlarga Lotin Amerikasi adabiyotining yana bir durdonasi, Gabriel Garsiya Markesning "Oshkora qotillik qissasi" haqida qisqacha fikrlarim bo'lishmoqchiman.
Asar nomidan ham ma'lumki, kcihkina shaharchadagi barcha odam, hatto qurbonham, qotillik bo'lishidan xabar topgan edi. Ammo hech kim qotil bo'lmish aka-ukalarni hech kim to'xtatmaydi. Va qahramon kitob so'nggida vahshiylarcha halok bo'ladi.
Omma psixologiyasining mana shu jihati qissada yorqin ochib berilgan. Chunki kimdir boshqa birovni o'ldirishini hammayoqda jar solib yurgan bo'lsa, hamma uni shunchaki jahli chiqqan va amalda bu ishni oshkora qilmaydi deya o'ylaydi. Aslida jahldor aka-ukalarni yo'liga bo'lsa ham kimdir "qo'yinglar, shu ishni qilmanglar" deganda, ular fikrlaridan qaytardi. Maqsadlari ham shu edi aslida. Biroq so'nggi soniyalargacha ularni bu ishdan to'xtatish uchun atrofdagilarda xohish uyg'onmaydi, jamiyatdagi befarqlik esa ma'shum voqeani tezlashishiga olib kelaid bo'ladi.
Asardagi atmosfera juda chiroyli tasvirlangan. Uni o'qib xuddi o'sha shaharda Santiago bilan birga yurgandek, u kirgan barlarda u bilan birga ichimlik ichib yurgandek bo'lasan. Iliq Quyosh nurlari teringni qoraytirayotganini his qilasan, bardan chiqqach esa ko'ylakni shimarib, yugurib borib, bor kuching bilan Santiagoni aka-uka Vikario qo'lidan qutqarmoqchi bo'lasan o'zingcha. Biroq... biroq qo'lingdan hech narsa kelmaydi...
Asarni ikki marotaba o'qigan inson sifatida aytishim mumkinki, har safar oxirida bechora Santiagoga achinaman. U balki aybdor bo'lishi mumkindir, ammo muallifning o'zi ham baxtsiz o'ldirilgan odamning aybiga so'nggigacha shubha qiladi. Aslida hech kim aybdor emas, haqiqiy aybdor qotillikka qarshi turmagan jamiyat demoqchi bo'ladi go'yo.
Men har doimo tavsiya qiladigan asarlarim ko'pchilikka atalmagan bo'ladi. Markesning ijodiga ozgina bo'lsa-da, qiziqqan bo'lsangiz unda ushbu asarni o'qib chiqishni maslahat beraman.
Izohlar 0