Iqtiboslar Barchasi 6
-
Murodjon Normatov
16-yanvar 2022 y. 21:26
Amiq mashinaning orqa o'rindig'iga, notanish kishining yoniga o'tirishi bilan titray boshladi.
- Qo'rqma, - uning ovozi kiyimlari kabi mayin edi. - Siz yoshlarga ham qiyin zamon bo'lib qoldi
-
Murodjon Normatov
16-yanvar 2022 y. 0:40
- Agar mulla siyg'a Xudoning oldida gunohdan forig' qiladi, degan bo'lsa, bu masalada qanday qilib tortirishish mumkin.
- To'ppa-to'g'ri, biz kim bo'libmizki, mullalarning adolati haqida baxslashsak.
-
Murodjon Normatov
16-yanvar 2022 y. 0:34
Asg'ar "johil" edi, bu so'z arabchadan tarjima qilinganda "bilimsiz" degan ma'no beradi. "Johil" kelib chiqishi janubiy Tehronning ishchi sinf vakillaridan bo'lib, g'irt bezori va yo'lto'sar bo'ladi. Ular kamroq zo'ravonlik qilib, ko'proq hamdardlik va xushxulqlik ko'rsatadigan Mafiya a'zosi kabi hurmatga loyiq, tarbiyali tovlamachi va razil odam qiyofasini yaratishga urinardi.
-
Murodjon Normatov
16-yanvar 2022 y. 0:27
Tuzimning har bir qoida va qonuni din bilan dastaklashga uringani oqibatida Tehronda masjidlar ko'payib ketdi. Qancha ko'p masjid qurilsa, ularning ichi shunchalik bo'shab boraverdi. Yoshlar masjidga deyarli bormay qo'ydi.
-
Murodjon Normatov
16-yanvar 2022 y. 0:25
Amerika bizdan g'azablanaversin va shu g'azab uni o'ldirsin.
-
Murodjon Normatov
16-yanvar 2022 y. 0:23
Besh haftadan so'ng Fotima uni kechirdi, u shunga majbur edi. Bu haqiqat ikkivoning ham obro'sini to'kishi mumkin ediki, bu haqida hech kimga og'iz ochmaslik ma'qul ko'rildi. Bari o'tib ketdi. Xoji Og'a endi xotini atrofida girdikapalak edi.