Iqtiboslar Barchasi 18
-
Nematjon madazimov
16-mart 2023 y. 9:24
Hech qachon xato qilmagan inson hech narsa qilmagan inson dir.
-
Murodjon Normatov
2-yanvar 2022 y. 21:59
"Qayerda mening javobgarligim tugab, boshqaniki boshlanadi?" degan chegarani aniqlash ko'pchiligimiz uchun bir umrlik jarayon. Bu o'rinda "Qanday qilib chegaralarni aniq belgilashim mumkin?" degan savol ortidan savol(SOS)ni berishni taklif qilaman. Biroq, mas'ul shaxslar, avvalambor, o'z ishlarida ustun bo'lishga va o'z vazifalarini imkon qadar a'lo darajada bajarishga burchlidirlar.
-
Murodjon Normatov
2-yanvar 2022 y. 21:56
Kamtarlik yetakchilikning tamal toshidir.
-
Murodjon Normatov
2-yanvar 2022 y. 21:52
Do'stim bir safar "Buyruq kutayotgan odam bo'lishdan ko'ra kutishga buyurilgan odam bo'lgan yaxshiroq", deya aytgandi.
Nima qilishni aniqlab oling, so'ngra ishga kirishing.
-
Murodjon Normatov
2-yanvar 2022 y. 21:51
Harakat o'zingizga bo'lgan ishonchni mustahkamlaydi; harakatsizlik esa shubhani.
-
Murodjon Normatov
2-yanvar 2022 y. 21:50
Harakat jasoratni talab qiladi. Harakatsizlik ko'pincha qo'rquvdan darak beradi.
-
Murodjon Normatov
2-yanvar 2022 y. 21:49
Harakat yechimlarga elitadi. Harakatsizlik hech nima bermaydi va bizni o'tmishda ushlab turadi.
-
Murodjon Normatov
2-yanvar 2022 y. 21:48
Harakat, xatto xatolarga olib borgan taqdirda ham, o'rganish va o'sishga turtki bo'ladi. Harakatsizlik kasodga uchrash va qobilyatidan ayrilishga sabab bo'ladi.
-
Murodjon Normatov
2-yanvar 2022 y. 21:44
Murabbiylar ichida eng qudratlisi o'rnak bo'lishdir.
-
Murodjon Normatov
2-yanvar 2022 y. 21:43
Shaxsiy javobgarlik jamoa ortiga berkinib, bahonalar qilish haqida emas va u, albatta, boshqalarni o'zgartirishni ham nazarda tutmaydi. U o'zimizni o'zgartirish orqali o'zgarish qilishni anglatadi.
Shaxsiy javobgarlik bir kishining qudratidir.