Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Ufq

Iste'dodli yozuvchi Said Ahmadning ushbu "Ufq" trilogiyasi  yozuvchi ijodidagi yangi janrgina bo'lib qolmay, balki o‘zbek adabiyotida ham yangi janr hisoblanadi. Ijodining eng sermahsul davrida yozgan ushbu roman-trilogiyada Said Ahmad Ikkinchi jahon urushining shiddatli yillarida o‘zbek dehqonlarining front orqasida ko‘rsatgan mehnatlari, qahramonliklari haqida hikoya qiladi va urushdan oldingi, keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi.O'sga davrga xos bo'lgan qiyinchiliklar, mashaqqatlar og‘ushida urush va mehnat frontiga safarbar qilingan yoshlar qalbi jo‘shqinlik va muhabbat tuyg‘ularidan yiroq emas: Azizxon va Lutfinisa, Nizomjon va Dildor, Tursunboy va Zebixon… Asarda o‘t-olov bo‘lib yongan oshiq-ma’shuqlarning hech biriga visol nasib etmaydi. Qiyinchiliklardan keyin qahramonlar yana sevgiga, sadoqatga ro‘baro‘ bo‘lishadi, ammo birinchi muhabbat davr va sinovlar qa’riga singib ketadi… Siz mutolaa davomida nafaqat jonli tasvirlar orqali tarixiy ma’lumotlar bilan tanishasiz, balkim hayot mashaqqatlaridan saboq chiqarishga, insoniylik va muhabbat aynan qiyinchiliklar ta’sirida toblanishiga amin bo‘lasiz.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
1 o'qigan
 
0 Taqriz
1964 hamda, 1974-yillar orasida yozilgan ushbu "Ufq" trilogiyasi uch qismdan iborat roman va birinchi marotaba 1976-yilda G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti tomonidan 60000 nusxali qattiq muqovada nashr etilgan.  Aytib o'tganimizdek trilogiya ikkinchi jaxon urushi, urush va urushdan keyingi yillardagi oʻzbek millati hayoti va Katta Fargʻona kanali qazilgan davrdagi voqealarini oʻz ichiga oladi. Roman Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida boshqa nashriyotlar tomonidan ham koʻp bora qayta nashr etildi. 2015-yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 912 betli qattiq muqovada chop etildi va 2019-yilda yozuvchining qizi Nodira Xusanxoʻjayeva muharrirligi ostida Sano satandar nashriyoti tomonidan 680 betli qattiq muqovada, lotin yozuvida nashr etildi.Qahramonlarga qisqacha tasnif berib o'tsak bulardan biri   Ikromjon bo'lib,  Jannatning eri,Tursunboyning otasi, bir oyogʻidan ajralgan, arzanda va qochoq oʻgʻlining oʻlimini koʻrgan jafokash ota. Jannat esa,  Ikromjonning xotini, arzanda oʻgʻil Tursunboyning onasi. Nizomjon obrazi Ikromjonning tutingan oʻgʻlidir .Tursunboy obraziga siz juda kop duch kelasiz. U – Ikromjon va Jannatning oʻgʻli, qoʻrqoq va urushdan qochgan, ota va ona diydoridan uzoqda quvgʻindi boʻlib otasining qoʻlida jon bergan kimsadir.  Rayimberdi — rais,  Zebi — Tursunboy sevadigan qiz,  Azizxon — urush qahramoni, Lutfinisa-Azizxonning sevgan qizi, Akbarali- Lutfinisaning akasi, Dildor — Nizomjon sevgan qiz zvenodagi to‘laroq qiz,  Asrora- zvenodagi qizlar boshlig'i erkakshoda qiz, Karimjon- Asrora yaxshi ko'radigan yigit,  Aʼzamjon — Nizomjonning akasi, Dildorning eri,  Risolat — Aʼzamjonning opasi, Inoyat oqsoqolning qizi, Toʻlanboy — Zebixonning pochchasi, Ikromjonning doʻsti Ummatali — Azizxonning otasi  
Kitob nomi: Ufq
Kitobning asl nomi: Ufq
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-27-488-4
Nashr yili: 2015
Nashriyotchi: Yangi asr avlodi
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar