Turkiy guliston yohud axloq
Abdulla Avloniy qalamiga mansub bo'lgan «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari o’zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy mazkur asarni fors klassik shoiri shayx Muslihiddin Sa’diyning«Guliston» asaridan ta’sirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday deydi: «Ban bu asari nochizonami bir necha muallim birodarlarimning iltijolari ila yozmoq va nashr qilmoqg’a g’ayrat va jasorat qilmish edim. Alhamdu lilloh val minna ikkinchi tab’ihada muvaffaq o’ldum, chunki Turkiston maktablarida o’z shevamizda (o’zbek tilida demoqchi) yozilmish mukammal «Axloq kitobining shunday asarga tashna va muhtoj ekanlig’i o’zum muallimlar jumlasidan o’ldig’imdan manga ham ochiq ma’lum o’ldi. Shuning uchun ko’p vaqtlar tajriba so’ngidan adibi muhtaram shayx Sa’diy usulida yozmoqni, garchi og’ir ish bol’sa ham, o’zimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan ko’tarmakni munosib ko’rdim». Demak, aytish mumkinki, «Turkiy Guliston yoxud axloq» Sa’diyning «Guliston» asari usulida o’zbek tilida yozilgan axloq kitobidir.
Kitob nomi: | Turkiy guliston yohud axloq |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Turkiy guliston yohud axloq |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | O'zbek |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-5318-1-9 |
Nashr yili: | 2018 |
Nashriyotchi: | Yoshlar |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |