Soya o'g'risi
Bolaligida u uchratgan insonlarining soyalarini oʻgʻirlaydi ... va bu soyalarning har biri unga egasining sirlarini aytib beradi.U soyalardan insonlarning orzularini, umidlarini va qaygʻularini eshitadi. Bu gʻalati qobiliyat bilan nima qilish kerak ...?
Kitob nomi: | Soya o'g'risi |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Le voleur d'ombres |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Fransuzcha |
Formati: | Yumshoq / 208 |
ISBN: | 978-9943-7085-0-1 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Yosh kuch |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | None dan None gacha |
Taqrizlar
-
24-yanvar 2022 y. 1:43
352
Nima uchundir bu kitobni bir nafasda o'qib chiqdim. Tarjima sifati yaxshi(lekin kitobda ba'zi imloviy xatoliklar bor).
Asar qahramonini yashirin qobilyati bo'ladi, soyalar bilan gaplasha oladi. Ular orqali soya egasini ichki dunyosi bilan suhbatlashadi.
Qahramon shu qobilyati orqali boshqalarga yordam berishga harakat qiladi. Kitob boshida undagi barcha voqealar qahramonning shu qobilyati atrofida kechadi degan fikr kelishi mumkin, lekin unday emas.
Asar to'liq mazmunini uni o'qib bilib olishingiz mumkin.
Bu kitob ota va ona, ota va bola, ona va bola, ikkit yaqin do'st, ikki sevishganlar orasidagi munosabatlar haqida. Ba'zida o'qish, ish deb o'z umrini bizga bag'ishlagan insonlarni unutib qo'yish, ularga g'amxo'rlik qilishni …
Iqtiboslar
-
Butun umringizni bolalaringizni o’stirishga bag’ishlasangiz, va birorta ham bolangiz sizni yo’qlamasa, hatto qo’ng’iroq ham qilmasa, aqldan ozishingiz tayin – hamma narsani top-toza qilib o’chirib tashlashni xohlaysiz.
-
Do’stdan ajrashish oson emas. Maktabni o’zgartirganimdan keyin men bunga ko’nikishim kerak edi, biroq yo’q, har safar bir xil, sen yo’qotgan inson bilan sening bir qisming ham ketadi, axir do’stlik – xuddi sevgiga o’xshaydi. Yaxshisi hech kimga bog’lanib qolmaslik kerak, bu juda ham xavfli.
-
Qirq metrlik balandlikdan butun shaharcha ko’rinsa kerak: qo’ng’iroqli cherkov, katta ko’cha, maydondagi karusel, dalalarga ketayotgan yo’l. Agar arqonni qo’lingizdan chiqarib yuborsangiz, butun mamlakatni ko’rish mumkin, hamroh shamol bilan butun Yer yuzini aylanib chiqish, sizga kerak bo’lgan odamlarni tepalikdan ko’rish imkoni bor. Men ham varrak bo’lishni istardim.
-
Sen mening tasavvurimdagidek eding – oldingidan ham chiroyliroq ayol. Sening sochlaring yelkalaringga tushar, menimcha sen violonchel kamonchasini ko’targaningda biroz xalaqit ham berardi.