Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

SOS! Savol ortidagi savol

Odamda mas’uliyat hissi bo‘lmasligi aybni birovga to‘nkash, o‘zini jabrdiyda his etib norozi bo‘lish, oxir-oqibat ishni ortga surishga sabab bo‘ladi. Shaxsiy javobgarliksiz hech bir kompaniya yoki inson erkin bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashishi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsad-vazifalariga erishishi, mukammal xizmat ko‘rsatishi, ajoyib jamoaviy ishda qatnashishi va odamlarni professional o‘stirishi ehtimoldan juda yiroq.

Janri: Samaradorlik
55 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
7 o'qigan
 
3 Taqriz
Jon G. Millerning fikricha, kompaniyalar jabr ko‘rayotgan bu muammolarni kimnidir ayblash orqali hal qilib bo‘lmaydi. Masalaning chinakam yechimi har birimiz shaxsiy javobgarlikni his etganimizdagina topiladi. Miller o‘zining ushbu kitobida “Nima uchun hammasini biz bajarishimiz kerak?” yoki “Aybdor kim o‘zi?” singari salbiy va noto‘g‘ri berilgan savollar odamlarda mas’uliyat yetishmasligidan darak beradi, deydi. “Vaziyatni yaxshilash uchun nima qila olaman?” yoki “Men qanday hissa qo‘shishim mumkin?” kabi to‘g‘ri savollar esa hayotimiz va jamoamizni ham o‘zgartirib yuboradi.
Kitob nomi: SOS! Savol ortidagi savol
Kitobning asl nomi: QBQ! The question behind the question
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Yumshoq / 104
ISBN: 978-9943-23-187-0
Nashr yili: 2001
Nashriyotchi: Nihol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 12 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 7-may 2023 y. 17:16

    166

    Biz so'raydigan noto'g'ri savollar va uning o'rniga biz so'raydigan to'g'ri savollar:

    1. Nega ishim o'xshamay qoladi? emas ishim samaraliroq bo'lishi uchun nima qilishim kerak?

    2. Nima uchun odamlar menga shunday qiladi? emas Qanday qilsam odamlar bilan munosabatni yaxshiroq o'rnata olaman?

    3. Qachon menga kimdur o'rgatadi? emas O'zimni rivojlantirishim uchun nimalar qilishim kerak?

    4. Qachon meni kimdur eshitadi? emas Fikrlarimni ijodiyroq tarzda bayon etishim uchun nima qilishim kerak?

    5. Qachon ota-onam meni tushunadi? emas Qanday qilib otam va onamga hurmatimni ko'rsata olaman?

    6. Nega do'stlarim meni qadrlamaydi? emas Qanday qilib yaxshi do'st bo'la olaman?

    7. Nega yoshlar o'qiymaydi? emas Qanday qilib …

    Baholash: 0
  • 7-may 2023 y. 17:06

    240

    Biz juda ko'p seminarlarga qatnashamiz. Kitoblar sotib olamiz. Sanoqsiz interyular tinglaymiz.

    Lekin hammasi behuda! Qachonki o'rganayotgan narsalarimizni asli nima ekanini aniq bilmasak. O'rganish - qatnashish, tinglash yoki o'qish emas. Bu shunchaki bilim olish ham emas. O'rganish, asli, to'g'ri amal haqidagi bilimni shu bilimga asoslangan harakatga aylantirish. Boshqacha aytganda, u o'zgarishni anglatadi.

    O'rganish o'zgarish demakdir. Agar o'zgarmagan bo'lsak, demak, o'rganmabmiz.

    Kamina bugun mana shularni o'rgandim, sizchi?

    Baholash: 0
  • 2-yanvar 2022 y. 23:17

    339

    SOS - Savol ortidagi savol
    Asaxiy tomonidan tarjima qilib, savdoga chiqarilgan kitobcha.
    Bu kitobchaga ko'proq qo'llanma sifatida qarasa bo'ladi. Uni bir o'tirishda o'qib tugatish mumkin. Unda shu yo'nalishdagi deyarli barcha kitoblardagi kabi har xil voqealar, muallif kuzatishlari keltirilgan va ularni har biridan kerakli xulosalar chiqarilgan. 
    Qo'llanmada asosiy urg'u shaxsiy javobgarlikka, har qanday vaziyatda to'g'ri savollar berishga qaratilgan.
    Agar har bir inson shu qo'llanmada aytib o'tilgan tavsiya va maslahatlarga amal qilsa ish, shaxsiy hayot, boshqa insonlar bilan munosabatlarda ijobiy o'zgarishlarga erishishi mumkin.
    Iqtiboslar:
    - Stress, bu - tanlov!
    - Shaxsiy javobgarlik SEN bilan boshlanadi!
    - Kamtarlik yetakchilikning tamal toshidir.
    - Do'stim …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Janr bo'yicha boshqa kitoblar