Ikkinchidan, matnlarni tanlash shartlari ham o‘ziga xos:1. Matnlarning sahih bo‘lishi e’tiborga olingan. Ular faqat qabul qilingan sahih, o‘zi yaxshi va guvohlari bilan yaxshi hisoblangan matnlardir.2. Barchasi muhkam matnlar bo‘lib, ularning ichida nasx qilingan (amaldan qoldirilgan) matnlar yo‘q.3. Sharhga, ishkolini ketkazishga va u bilan boshqa matnni jamlashga muhtoj bo‘ladigan matn ham yo‘q. Boshqa ibora bilan aytganda, ushbu nabaviy hadislarning mushkuli yo‘q. Ya’ni, bu yerdagi har bir hadis ortiqcha izohlarsiz ham tushunilishi oson.4. Ulamolar orasida xilofga sabab bo‘ladigan masalalarga dalil qilinadigan matnlar ushbu kitobga kiritilmagan.5. Asosan, ko‘pchilik idrok qila oladigan va ularning ehtimomlarini ravshan bayon qiladigan matnlar tanlangan.Kitobning mazmuniga ittifoq hosil bo‘lishi uchun bundagi barcha hadislar bir qancha ilmiy manba’larga ham solishtirib chiqilgan.Uchinchidan, kitobning maqsadi xolis tanishtiruvdan iborat. Bunda:1. Nabaviy sunnat orqali Islom ahkomlari va hidoyatini ta’riflash ko‘zda tutilgan.2. Nabaviy hadislarda tarqoq holda bo‘lgan matnlarni jamlab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni u zotning o‘z so‘zlari, hayotlaridagi hodisalar va sahobalar roziyallohu anhum bilan muloqotlari orqali ta’riflash maqsad qilib qo‘yilgan.3. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan iborat, ma’nosi ravshan, o‘qilishi ravon, har bir ongli kishi fahmlay oladigan oson kitobni yuzaga keltirishga harakat qilingan. Uni har bir kishiga taqdim qilish va keng tarzda nashr qilish imkoni bo‘ladi. Qur’oni Karim va ushbu kitobning nusxalari barcha uchun Islomni va uning Rasuli sollallohu alayhi vasallamni tanish borasida asosiy manba’ bo‘ladi.To‘rtinchidan, kitobni tuzishda quyidagi ishlar qilindi:1. Nabaviy hadislarni imom Molikning «Muvatto’»sidan, ikki «Sahih»dan, «Sunani Abu Dovud», «Jome’ut-Termiziy», «Sunani Nasaiy» va boshqalardan olindi.2. Hadislarni tanlash avval aytib o‘tilgan shartlar asosida amalga oshirildi.3. Hadislarni mavzu’lar asosida tartibga solindi.4. Hadislar olingan manba’lar ko‘rsatildi. Anglanishi qiyin bo‘lgan so‘zlarning bayoni keltirildi.5. Alloh taoloning izni ila kitob olamiy tillarga tarjima qilinadi va dunyodagi barcha kutubxona va ilmiy markazlarga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hidoyatlari, sunnatlari, siyratlari va shariatlari bilan tanishishning bevosita vasiylasi bo‘lishi uchun yuboriladi.Ushbu kitobning g‘oyasi, uni chiqarish, ishga rahbarlik qilish va qayta ko‘rib chiqish «Islam alyavm» muassasi bosh kuzatuvchisi, Alloh u kishini asrasin, shayx Salmon Fahd Avdaga oiddir.Ushbu rejaga binoan, hadislarni doktor Umar ibn Abdulloh Muqbil, doktor Somiy ibn Abdulaziz Mojd, doktor Abdulvahhob ibn Nosir Toriyriy tanlashdi.Kitobdagi hadislar olingan manba’larni aniqlash, ularga ta’liyq qilish, muvofiqlashtirishni shayx Mahmud Sha’bon Abdulmaqsud rahbarligidagi ilmiy guruh amalga oshirdi.Ustoz Xolid ibn Fahd Bihlol kitobni qayta ko‘rib chiqdi va musahhihlik qildi.Ushbu kitobning ishchi guruhi kitobning oliy maqsadiga xizmat qiladigan o‘zgartish, qo‘shimcha qilish va qisqartish bo‘yicha barcha taklif va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi.Bu kitob o‘qish uchun ham, qabul qilish uchun ham osondir. Albatta, hadislarni bu tarzda jamlab kitob holida nashr etish yangilik emas. Diynimiz tarixida hadislarni jamlash asosida tuzilgan kitoblar juda ko‘p.Biz ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shaxsiyatlari va risolatlarini olamlarga yaqinlashtirish uchun ijtihod qilib, hadislarni jamlab kitob holiga keltirdik. Buni Alloh azza va jalladan savob, tavfiq, yordam va ishimizni to‘g‘rilashi umidida qildik.Allohim, Nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va ul muborak zotning ahli baytlariga, sahobai kiromlariga salovotu durudlar yuborgin. Valhamdulillahi Robbil olamiyn!
Kitob nomi: |
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam |
Kitobning asl nomi: |
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam |
Nashr qilingan til: |
O'zbekcha |
Kitobning asl tili: |
O'zbekcha |
Formati: |
Qattiq / 448 |
ISBN: |
978-9943-6463-3-9 |
Nashr yili: |
2021 |
Nashriyotchi: |
Hilol nashr |
Seriya: |
0 |
Yosh chegarasi: |
16 dan 70 gacha |
Taqrizlar
Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish
Iqtiboslar
Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud
emas.
Iqtibos qo'shish