Yozuvchi asarda bosh qahramon orqali Yaratganni savol ostiga olgan. Bosh qahramonning yaratgan va din haqidagi savollariga asarda javob izlashga intilgan. Cherkovning ikkiyuzlamachiligi ustidan ayovsiz kuladi va asarni o‘qish davomida, insonlardagi umumiy bir xislat kitobxonni hayratga solishi turgan gap. Urush oqibatida Germaniya og‘ir iqtisodiy tanazzulga tushib qolgani, infilyatsiya soat sayin insonlarni qashshoqlik domiga tortib ketayotgan vaqti, qarzlarini to‘lashga, qornini to‘ydirishga imkon topa olmayotgan insonlarning o‘z joniga qasd qilishi odatiy holga aylanib qolgan bir davrda, nemislar hashamatli dafn marosimi o‘tkazishni xohlashi g‘alat hodisa bo'lib, asarda shular haqida so'z boradi . Asardagi eng murakkab obraz Izabella obrazi. Qahramon u bilan jinnixonada tanishadi. Izabellaning fikrlashi, uning jamiyat va inson hayoti haqidagi teran o‘ylari aslida kim telba ekanligini shubha ostiga oladi. Shunchaki o‘lish uchun tug‘ilgan biz telbamizmi? Yoki hayot mohiyatini izlayotgan insonmi? Jamiyat uchun normal odam bo‘lish inson o‘z shaxsiyatidan voz kechishdan iboratmi? Nahotki, insoniy ulug‘ tuyg‘ular falokatga uchragan millatlar uchun sariq chaqalik ahamiyatga ega bo‘lmasa? Asar o‘quvchini mulohaza qilishga undovchi, ichki menining tub-tubida yotgan savollarning astar-avrasini ag‘darib tashlovchi nodir namunadir.
Kitob nomi: |
Qora haykal |
Kitobning asl nomi: |
The Black Obelisk |
Nashr qilingan til: |
O'zbek |
Kitobning asl tili: |
Nemis |
Formati: |
A5 |
ISBN: |
978-9943-7253-2-4 |
Nashr yili: |
2021 |
Nashriyotchi: |
Factor Press |
Seriya: |
0 |
Yosh chegarasi: |
7 dan 70 gacha |
Taqrizlar
Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish
Iqtiboslar
Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud
emas.
Iqtibos qo'shish