Men albatta qaytaman
Azarbayjonlik ishq va sevgiga to'la qalbi bilan ijod qilishni sevuvchi Elchin Safarlining juda ko'p asarlari orqali kitobxonlar yaxshi tanishadi. Adibning ana shunday asarlaridan yana biri bu “Men albatta qaytaman” kitobidir. Asarda turk va rus qizining muhabbati haqida hikoya qiladi. Bosh qahramonlar Svetusvet va Mirumir deb ataladi. Ularning qalblari sevgi, baxt va xotirjamlikni qidiradi.
Janri:
Roman va hikoyalar
0
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
0
o'qigan
0
Taqriz
Asarning bosh qahramonlaridan biri Mirumir dam olish uchun sovuq Moskvadan Istanbulga keladi va u bilan uchrashadi. Ular har qanday lahzani birga o'tkazishga urinib, ular Bosfor bo'g'oziga borishadi, bozorlarni kezishdi, o'zlarining turli dunyolardan, turli ijtimoiy qatlamlardan ekanliklarini bilishsada va tez orada ajralishlari kerakligini batamom unutishdi. Ajralish - bu sevgi uchun o'limmi yoki shunchaki haqiqiy his-tuyg'ular uchun katalizatormi? Va bosh qahramonlar yana uchrashib, nihoyat bir-birlarining quchog'ida baxt topadilarmi? Bu haqda "Men albatta qaytaman" romanini o'qish orqali bilib olasiz.
Kitob nomi: | Men albatta qaytaman |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Я вернусь... |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | Rus |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-6748-1-3 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Sharq-Ziyo-Zakovat |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |