Ma`naviy Masnaviy (To'plam)
''Ma`naviy Masnaviy'' (To'plam) asari Jaloliddin Rumiyning shoh asarlaridan biri hissoblanib, bu asarda sharq va gʻarb adabiyotida buyuk asarlardan biri sifatida taʼriflanadi. Oltita katta jilddan iborat ushbu asar 26840 baytdan (51370 misradan), Qur'onning 70 foiz maʼnosini oʻzida jamlagan va asar 690 ta hadisga sharh, 270 ta turli mavzudagi hikoyalardan iboratdi
1
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
0
o'qigan
0
Taqriz
Bu kitob oʻn yillik muddat oraligʻida yaratilib, Mavlono vafotidan toʻrt yil avval, 1269-yilda yozib tamomlangan. Bunga qadar oʻtgan oʻn yil mobaynida uzilishlar (hijriy 660-yil va 662-yillar, milodiy 1241-yil va 1244-yillar), uyqusiz tunlar (bu haqda „Masnaviy maʼnaviy“da 1-jildning 1807—1808-baytlarida xabar bor), ochin-toʻkin holiga qaramay maʼnaviy luqma bilan kifoyalanish (1-jildning 3990—3994-baytlari) kabi holatlar kuzatiladi. Arab-fors epik dostonchiligi usulida boʻlgan, masnaviy shaklida yozilgan ushbu asar oʻzida boshqa uslublarni ham mujasam qilgan.
Kitob nomi: | Ma`naviy Masnaviy (To'plam) |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Ma`naviy Masnaviy (To'plam) |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | arab va fors |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-7573-3-2 |
Nashr yili: | 2022 |
Nashriyotchi: | Oydin |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 10 dan 70 gacha |