Ko'hna dunyo
Odil Yoqubovning "Ko'hna dunyo" asari 1982-yilda yozilgan bo'lib, asarda adib ikki buyuk olimning aniqroq qilib aytganda, Ibn Sino va Beruniy taqdiri, ularning bolaligi, yoshlik yillari, ilk sevgisi, ijodkorga aylanguncha bo‘lgan davrni chiroyli va jozibali bo‘yoqlarda tasvirlaydi. Ibn Sino va Beruniyning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan xissalarini birlashtirishga harakat qiladi.
Janri:
Roman va hikoyalar
,
Roman
0
O'qimoqchi
0
o'qiyapti
0
o'qigan
0
Taqriz
Adibga katta shuhrat keltirgan «Ulug’bek xazinasi» va «Ko’hna dunyo»tarixiy romanlari bo'lib, Odil Yoqubovning «Ko’hna dunyo» romani bosh qahramonlari Ibn Sino hamda Beruniylardurlar. Romanda tasvirlangan barcha voqealar hujjatlar bilan cheklab qo’yilmagan. Odil Yoqubov tarixni xuddi ko’rib turadi, tarix bilan bahslashadi, zamondoshlarga uzoq o’tmishdoshlarining tajribalaridan guvohlik berayotganday bo’ladi. U tarixga bugungi nuqtayi nazaridan qaraydi.
Kitob nomi: | Ko'hna dunyo |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Ko'hna dunyo |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | O'zbek |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-27-564-5 |
Nashr yili: | 2015 |
Nashriyotchi: | Yangi asr avlodi |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 10 dan 70 gacha |