Izlash
Hayotining bahorida so‘ligan navnihol... Maishiy zo‘ravonlik, qotillik, ko‘cha hayoti, giyohvandlik, yetimlik, afsus-nadomat va ruhiy azoblarni boshdan kechirgan yoshgina yigitcha. Bu yoshida buncha yukni ko‘tarish unga og‘irlik qildi. Ranj-alamga to‘la hayotiga ma’no berishni istadi, tubi yo‘q quduqda kelajagi uchun bir tutam umid qidirdi... Va yo‘lini yo‘qotganlarga yo‘lboshchilik qilishni diliga tukkan yosh o‘qituvchi bilan uchrashib qoldi. Bu uchrashuv aslo tasodif emasdi... Mehmet Iildizning real voqealarga asoslanib yozilgan ushbu asarida tolei kulmagan yigitchaning hayoti qanchalar o‘zgarib ketganiga guvoh bo‘lasiz. “Hech kim hayotimizga bekordan-bekor kirib kelmagan. Ular biz uchun yo imtihon, yoki armug‘ondir”.
Kitob nomi: | Izlash |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Arayış |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Turkcha |
Formati: | Yumshoq/176 |
ISBN: | 978-9943-20-848-9 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Yangi asr avlodi |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 16 dan 70 gacha |