Isyon va Itoat
Ulug‘bek Hamdamning asarlari ichida "Isyon va itoat" romani kitobxonlarda, olim va adabiyotshunoslarda katta qiziqish uyg’otdi. Roman eʻtiqod va iymon masalalariga bagʻishlangan boʻlib,"Isyon va itoat" asari qaxramonlari tiriklik mantigʻi va ruh halovatini, ikki dunyo toʻgʻrisidagi mushohadalar yordamida idrok etishga urinadi."Isyon va itoat" romanida dunyoning yaratilishi toʻgʻrisidagi rivoyatlar zamondosh insonning hayoti bilan mantiqiy uygʻunlashtiriladi. Roman professor tarjimon N. Vladimirova tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va kitob holida chop etilgan. "Isyon va itoat"asarida bosh qahramon Akbar bo'lib, uning taqdiri va Xudoga isyoni,lekin uzoq izlanish va mashaqqatlardan so’ng itoatga kelish jarayonlari falsafiy-psixologik talqinda tasvirlangan."Isyon va itoat" intellektual kitobxonga mo’ljallangan bo’lib, oddiy o’quvchi asardan to’la bahra ololmaydi, asardagi falsafiy mulohazalar uni zeriktirib qo’yadi. Boshqacha aytganda bu roman - yengil o’qilmaydi.
Kitob nomi: | Isyon va Itoat |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Isyon va Itoat |
Nashr qilingan til: | Krillcha |
Kitobning asl tili: | o'zbek |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-20-505-5 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Yangi asr avlodi |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 6 dan 70 gacha |