Choliqushi
"Choliqushi" romani turk yozuvchisi Reşat Nuri Güntekin qalamiga mansub roman. Ilk bor 1922-yilda chop etilgan. Asarda yosh oʻqituvchi Ferede va uning Kamranga boʻlgan muhabbati haqida soʻz yuritipgan va ushbu romanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha bir nashr qilingan bo'lib, 1966-yil „Choliqushi“ asosida film ham suratga olingan. 1986-2013-yillarda esa asar asosida teleserial ham dunyo yuzini ko'rgan va hammani qalbidan joy olishga ham ulgurgan. 1986-yili ushbu serial "Oʻzbektelefilm" kinostudiyasida oʻzbek tiliga dublyaj qilingan. Romandagi voqealar Birinchi jahon urushi arafasida yuz beradi. Asarning bosh qahramoni Farida yoshligida ota-onasidan ajrab, hayotda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Ferede oʻz xolasining oʻgʻli Kamronni sevib qoladi. Kamron ham uni sevadi, ammo oilaviy shartlarga koʻra ular birga boʻla olmaydilar. Ferede oʻqituvchi boʻlib ishlash uchun chekka qishloqqa ketadi. Asar soʻnggida ikki yosh nihoyat bir-biriga yetishadi.
Kitob nomi: | Choliqushi |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Çalikusu |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | Turk |
Formati: | A5 |
ISBN: | 978-9943-20-338-9 |
Nashr yili: | 2021 |
Nashriyotchi: | Yangi asr avlodi |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 7 dan 70 gacha |