Adib Xolid: O'zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob
Amerikalik taniqli olim Adib Xolidning ushbu kitobi dunyo xaritasida O‘zbekiston degan davlatning paydo bo‘lishi haqida. Muallif XX asr boshlarida yurtimizda kechgan murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni chuqur tahlil qiladi, o‘sha davr qiyofasini bor ziddiyatlari bilan tasvirlashga harakat qiladi. Asar yurtimiz tarixiga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Kitob nomi: | Adib Xolid: O'zbekiston tavalludi: ilk SSSR davrida millat, imperiya va inqilob |
---|---|
Kitobning asl nomi: | The Making of Uzbekistan: Nation Making in an Age of Revolution |
Nashr qilingan til: | O'zbek |
Kitobning asl tili: | Ingliz |
Formati: | A4 |
ISBN: | 978-9943-7575-4-7 |
Nashr yili: | 2022 |
Nashriyotchi: | Akademnashr |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | 6 dan 70 gacha |
Taqrizlar
-
4-mart 2023 y. 17:45
185
Qo'limda so'nggi tosh qoldi,
Ko'ngilda so'nggi intilmak,
Ko'zimda so'nggi yosh qoldi,
Kuchimda so'nggi talpinmak!
(Cho'lpon)Ochig'i, so'nggi oylarda o'qigan ajoyib ilmiy-ommabop asarlarimdan biri. Adib Xolidning yangi kitobi zamonaviy tariximiz uchun burilish nuqtasi — XX asrning 10-30-yillari haqida so'z yuritadi. U paytda hali Markaziy Osiyo yagona, o'zaro chambarchas bog'liq millat-elatlardan iborat jonli organizm bo'lib, ziyoli qatlam xalq kelajagi uchun kurashga bel bog'lagandi.
Asar jami 12 ta ajralmas va shu bilan birga alohida mavzularga bag'ishlangan bobdan iboratdir. Shu joyda tarjima haqida o'z iliq fikrlarimni bildirsam: kitob xuddi asl o'zbek tilida yozilgandek taassurot qoldiradi. Imlo xatolari, g'aliz jumlalardan xoli matnda mazza qilib o'tmishga …