Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Taqrizlar Barchasi 1

  • 4-mart 2023 y. 17:45

    118

    Qo'limda so'nggi tosh qoldi,
    Ko'ngilda so'nggi intilmak,
    Ko'zimda so'nggi yosh qoldi,
    Kuchimda so'nggi talpinmak!
    (Cho'lpon)

    Ochig'i, so'nggi oylarda o'qigan ajoyib ilmiy-ommabop asarlarimdan biri. Adib Xolidning yangi kitobi zamonaviy tariximiz uchun burilish nuqtasi — XX asrning 10-30-yillari haqida so'z yuritadi. U paytda hali Markaziy Osiyo yagona, o'zaro chambarchas bog'liq millat-elatlardan iborat jonli organizm bo'lib, ziyoli qatlam xalq kelajagi uchun kurashga bel bog'lagandi.

    Asar jami 12 ta ajralmas va shu bilan birga alohida mavzularga bag'ishlangan bobdan iboratdir. Shu joyda tarjima haqida o'z iliq fikrlarimni bildirsam: kitob xuddi asl o'zbek tilida yozilgandek taassurot qoldiradi. Imlo xatolari, g'aliz jumlalardan xoli matnda mazza qilib o'tmishga …

    Baholash: 0