Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Zigmund Freyd

Tug'ilgan sanasi: 6 - may, 1856 Vafot etgan sanasi: 23 - sentabr, 1939 Davlati: Avstriya

Zigmund Freyd (asl ismi Sigismund Schlomo Freud (6-may 1856 – 23 sentabr 1939),  avstriyalik nevrolog va ruhshunos boʻlib, psixotahlilga asos solgan. Freyd odam tabiati zamirida jinsiy ehtiyoj yotadi, degan fikrni oʻrtaga tashlagan. U freydizm asoschisi. 1902 yildan Vena universiteti professor, 1938 yildan Angliyada. F.ning dastlabki tadqiqotlari bosh miya fiziologiyasi va anatomiyasiga bagʻishlangan. 19-asrning 80-yillarida nevrozlar muammosiga, 90-yillarning oʻrtasidan boshlab esa ruhiy taxlil (psixoanaliz) asosida nevrozlarni davolash usuliga eʼtiborini qaratdi. Individning psixoseksual rivojlanishi nazariyasini takomillashtirdi, feʼl-atvorning shakllanishi va uning patologiyasida bolalik davri kechinmalarini asosiy oʻringa qoʻydi. Psixoanaliz qoidalarini insoniyat madaniyatining turli sohalari — mifologiya, folklor, badiiy ijod, din va boshqalarga joriy kildi. F.ning baʼzi fikrlarini neofreydizm inkor etadi.

Yozuvchi kitoblari