Nazar Eshonqul
Tug'ilgan sanasi: 15 - iyun, 1962 Davlati: O'zbekiston
Isteʼdodli yozuvchi Nazar Eshonqul 1962 yili Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlogʻida tugʻildi. 1979 yili oʻrta maktabni tugatib, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1981–1986) hamda shu universitet aspiranturasida (1986–1991) tahsil oldi. Shundan keyin Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, “Yozuvchi” gazetasida, “Jahon adabiyoti” jurnalida ishladi. 1997 yildan buyon Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib keladi.