Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Abulqosim Firdavsiy

Tug'ilgan sanasi: 1 - yanvar, 934 Vafot etgan sanasi: 1 - yanvar, 1030 Davlati: Boshqa

Abulqosim Firdavsiyi Tusiy (forscha: فردوسی, taxminan 934—yilda Tus hozirda Firdavs shoirning nomi bilan atalgan shahrida tavallud topgan — 1030—yilda vafod etgan) — forstojik shoiri va mutafakkiri.

Tus va Nishopur shaharlaridagi madrasalarda tahsil olgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini egallab, arab va pahlaviy tillarini chuqur oʻrgangan. Oʻz davrining qomusiy olimi boʻlib yetishgani uchun ham uni hakim deb ulugʻlashgan. U Eron, Turon, Yunon va Hindiston olimlarining turli sohadagi asarlaridan yaxshi xabardor boʻlgan. F. yoshligidanoq sheʼrlar mashq qila boshlagan. Bu haqda maʼlumotlar boʻlsada, sheʼrlarining oʻzi yetib kelmagan. Uning "Yusuf va Zulayho" nomli doston yozganligi xam haligacha munozarali. F. otasidan qolgan yerda dehqonchilik qilib kun kechirgan. Baʼzi manbalarda uning uzoq yillar sarbozlik xizmatida boʻlgani ham aytiladi. F.ning yoshlik yillari somoniylar davlatining gullabyashnagan davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda Eron va Turon xalklarining nafakat ijtimoiysiyosiy, balki madaniymaʼnaviy hayotida ham bir koʻtarilish boʻlgan. Oʻzining kimligini anglash va uni boshqalarga ham koʻrsatish maqsadida ular Eron va Turonning shonli tarixini tiklashga intiladilar. Shu maqsadda qad. afsona va rivoyatlar, buyuk shoxlar va bahodirlar tarixi toʻplanadi va yoziladi. Bu boradagi intilishlarni somoniy hukmdorlar qoʻllabquvvatlab turganlar va toʻplangan ulkan materialni sheʼrga solishni Abu Mansur Daqiqiyni soʻraganlar. Lekin shoir endigina ming bayt ijod kilganda, fojiali ravishda oʻddirilgach, Buxoro amiri Nuh ibn Mansur Somoniy F.ni huzuriga chorlab, unga chala qolgan "Shohnoma"ni nihoyasiga yetkazishni buyuradi. Bundan maqsad shonli tarixi va buyuk shaʼnshavkatiga koʻra forsiy xalklarning arablardan kam emasligi, balki ustunligini koʻrsatish va ularga qarshi kurashda foydalanish edi. Vatanga va uning buyuk tarixiga muhabbat ruhida tarbiyalangan, bolalikdan qad. afsona va rivoyatlar, qaxramonlik qissalari, jangnomalarni jon qulogʻi bilan tinglab ulgʻaygan F.ning oʻzi ham xalq ichida yurib, ularni yozib olgan, koʻplab ogʻzaki va yozma materiallar toʻplagan.

Yozuvchi kitoblari