Abu Nasr Sayyid Mubashshir ibn Muhammad at-Taroziy
Tug'ilgan sanasi: 19 - mart, 1922 Vafot etgan sanasi: 1 - yanvar, 1977 Davlati: Qozog'iston
Abu Nasr Sayyid Mubashshir ibn Muhammad Taroziy Movarounnahrning taniqli ulamolaridan va adiblaridan edi. U milodiy 1890 yili Turkistonning Avliyo ota shahrida (eski Tarozda) tug‘ilgan. Otasi, zamonasining yetuk faqihi Sayyid Muhammadxon to‘ra o‘g‘lini oldin Tarozdagi taniqli olimlarga shogird qilib berdi. So‘ng u Toshkentdagi Abulqosim va Buxorodagi Mir Arab madrasalarida tahsil oldi. Taniqli alloma Muhammad al-Asaliy (Shomiy) domladan saboq o‘qidi, Qur’oni karimni to‘la yod oldi, naqshbandiya ta’limotini o‘rgandi. Uning «Qur’on va nubuvvat» nomli kitobi o‘sha paytlardayoq sovet hukumati tomonidan musodara qilingan edi. U Taroz shahrida diniy idora ochdi, maktablar tashkil etdi, yurtni bosqinchi bolshavoylar istilosidan xalos etish harakatlarida faol qatnashdi. Ta’qib kuchaygach, 1930 yili vatanini tark etib, oldin Afg‘oniston, Hindistonda, 1945 yildan boshlab Misrda muhojirlikda yashadi. Olim uzoq yillar Misr kutubxonalari bosh idorasi «Dorul-kutubiya Misriya»da turkiy kitoblar bo‘limi mudiri bo‘lib ishladi. Olimning qalamiga mansub Qur’on ilmi, Islom fiqhi va tarixiga oid ellikka yaqin asarlar, ko‘plab g‘azal va masnaviylar, maqola va risolalar bir qancha Islom o‘lkalarida chop etildi. Sayyid Mubashshir ibn Muhammad Taroziy 1977 yili Qohirada vafot etdi. Olimning ushbu «Sof tabiat dini» nomli asari Afg‘oniston poytaxti Kobulda yozilgan edi.