Taqrizlar Barchasi 1
-
31-oktabr 2021 y. 15:04
1374
— To'xta Lu! Nimadir haqida so'zlab ber!
— Xo'sh, yoshligimda eng sevimli libosim – bu asalari yo'lli paypoqlar bo'lgan:) Uni jonimdanda ortiq suyganman. Sen-chi, hayotda nimanidir shunday qattiq sevganmisan?JoJo Moyesning "To seni topgunimcha" asarini o'qiganimga ancha bo'ldi. Lekin bu asar menda juda manzur bo'lganidan bugun u haqida yozishga qaror qildim. Aksar kitoblarni ular asosida olingan badiiy filmlarni tomosha qilgach, o'qish istagi uyg'onadi. Bu hozirgi zamon uchun normal holat deb bilaman. Xullas, mavzudan chetlashmaylik.
Asar bosh qahramoni
Luiza Klark - yosh, quvnoq, samimiy va g'ayrutabiiy qiz. Afsuski, Lu hayotda moddiy tarafdan qiynalgan oilasiga yordam berish uchun orzusidagi hayot - katta …