Taqrizlar Barchasi 2
-
20-may 2023 y. 21:15
144
Asarning bosh qahramoni - keksa matematik - zo‘r iqtidor egasi bo‘ladi-yu, o‘sha davr jamiyatining kamchiliklari girdobidan chiqib keta olmay, o‘zidagi kashfiyotlarni vaqtida dunyoga yoya olmagan ilm kishisi.
Bizning nazarimizda ilm kishisiga yot bo‘lgan xarakter: xudbinlik, mezonni bilmaslik, yon atrofdagilar bilan hamohang yashamaganligi bois oxir - oqibat telbaga aylandi... O‘z iqtidorini ko‘rsata olmasligiga, mana shunday ayanchli ahvolga tushishiga o‘zi va o‘sha davr jamiyati aybdor.
‘‘Turmush o‘rtoq’’ masalasida ham asar qahramonining omadi yurishmagan. Omad bo‘lmasligi mumkin, ammo harakat qilib o‘sha rafiqasini ham tarbiya qilsa bo‘lar edi.
Asardagi bosh g‘oya - haqiqiy ilm kishisini yaratish, ilm qadriga yetish. (Mening nazarimda) Asardagi ‘‘- … -
20-may 2023 y. 21:14
178
Bu kitobni o'qisangiz, rostdan ham u kitob qahramoniga aylanasiz.
Sizni bilmadim-u, men bu kitobni o'qiganimda xuddi qahramondek his qilgandim o'zimni...
Yillar, oylar, mening umrim, bir puch maqsad yo'lda qurbon bo'lgandek his qilgandim. Bir taqdirda buni yaqqol ko'ramiz , lekin o'z umrimizdagi shunday arzimas narsalarga vaqtimizni sarflaymiz... Aslida o'sha qahramon har birimizning ichimizda bor, biz ham shunday alamli hollarga ko'p tushganmiz.Puankare ~ armon bo'lgan orzularimning, qalbimdagi ifodasidir...