Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 20-may 2023 y. 21:12

    258

    Mistik va falsafiy asar hisoblangan "Dorian Grey portereti" Uskar Uayld (1854-1900)tomonidan yozilgan va yagona nashr qilingan yozuvchining asari hisoblanadi.Yaratilishga 3 hafta ketgan lekin shunday bo'lishiga qaramasdan Uaylda katta shuhrat keltirishga hech qanday to'siq bo'lmagan.Mazkur asar abadiy yoshlik va go'zallik haqida o'ylagan har qanday odamni o'ziga jalb etadi.Asar bu hayotda nima abadiy bo'lish mumkin degan savolga javob bergandek bo'ladi.Yosh navqiron,hayot tajribasiga ega bo'lmagan Dorian Grey Lord Genrini ta'siriga tushib yoshlikda vaqtida foydalanib qolish,dunyo lazzatlaridan bahra olish kabi yod tuyg'ular tatib ko'rishga qiziqib qoladi.Bularni bariga esa umr qisqalik qilardi.Dorian o'zi bilmagan holda o'zini o'rniga partereti qarishini tilaydi.Shundan so'ng u inson his qilishi mumkin bo'lgan hamma narsani qilib ko'radi lekin u baxtni his qilmaydi.Go'yo baxt abadiy chiroy va yoshlikda bo'lganidek.Yillar shamoli asar qahramonini husniga chang solmaydi,uning o'rniga partereti o'zgarishlarni o'zida aks ettiradi.Portetrer bu aslida nima edi.Porteret bu Doriani vijdoni edi.Qilingan hamma gunohlar unda namoyon bo'la boshlagandi.Dorian qarimasdi biroq qalbida osoyishtalik yo'q edi.Asar so'ngida Dorian tushunadi abadiy yoshlik ham insonni shod,xotirjam va albatta baxtli qilolmasligini tushunadi.
    Xulosam.Asar mohiyatitiga ko'ra intelektual romanlar sirasiga kiradi."Dorian Grey portereti"ning bosh g'oyasi fikrimcha insonga butun dunyodagi boyliklar nima foyda beradi agar u o'z vijdonini yo'qotgan bo'lsa.Yozuvchi ayrim o'rinlarda voqealar rivojin tezlashtirib yuborgandek ko'rinadi.Lekin inson inson bo'lishi xato qilsa ham uni qabul qilishi,to'g'ri xulosa olib hayotni davom etirishi va boshqa qisqa yo'llar yolg'on ekanligini tushundim.

    Lord Genri Uotton – kuchli nutq va aql sohibi. Oʼzgalarga ta’sir oʼtkazishni yoqimli deb bilgan, biroq oʼz fikrlari oʼziga ta’sirsiz boʼlgan, hayotning ayni damida rohatlanib qolishdan oʼzga maqsadi ham, mayli ham boʼlmagan obraz. U uchun „yomonlik“ tushunchasining oʼzi yoʼq, demak, yaxshilik ham yoʼq(qaysidir tushuncha mavjud boʼlmasa, uning zidi ham boʼlmaydi). Goʼyoki u ogʼufurushga oʼxshaydi. Da’vat qiladi, tarqatadi-yu, iste’mol qilmaydi. Aqlli fikrlar esa uning oʼtkir quroli…

    Baholash: 0
Izohlar 0