Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 20-may 2023 y. 21:12

    276

     "Dorian Greyning portreti" asari san'atni sevuvchi insonlarni kirish qismidanoq o'ziga jalb etadi. Inson yoshligida beg'ubor bo'ladi, lekin vaqt o'tgan sayin atrofimizdagi muhit, insonlar bizga o'z ta'sirini o'tkaza boshlaydi. Asar qahramoni hisoblanmish Dorianning ham dunyoqarashi shakllanishida Bezil Xolluord va Lord Genri ta'sir o'tkazishdi. Uni qalbining sofligi, beg'uborligi Garrining hayot gipotezalari ta'sirida õzgara boshladi. Dorian esa yoshligini asrashga urindi. U sur'atiga qarar ekan, surat shundayligicha qolishi, u esa borgan sari qarib, o'z navqironli, yoshligini yo'qotishini bilib afsus chekardi. Va uning mana shu qilgan niyati uning butun umrini la'natladi. U yosh va navqironligicha qoldi, ammo sur'ati har lahzada uning kirdikorlari, qilgan yovuzliklari, qalbining chirkinliklarini aks ettirardi. Uning qalbi, vijdonini õz portreti unga namoyish qilardi. Ushbu sirdan uning o'zigina voqif edi, keyinchalik bu sirni rassomga ham so'zladi, lekin afsuski rassomning hayotiga ham o'sha tundayoq nuqta qo'yildi. 
     Asarda musiqa, qimmatbaho toshlar, san'at, tarixiy faktlar juda mohirona tasvirlangani Oskar Uayldning intelektual bo'lgani ko'rsatadi.
     Ushbu asarda Dorianning sevgisi ham tasvirlangan, ammo buni sevgi ham deb bo'lmas edi. Ishq-muhabbatda ham vafo va sadoqat masalasi bus-butun fiziologiya masalasidir. Uni "sevgan" qizidan ham ko'ngli sovigandi, aslida Sibila Doriandagi jozibani, Dorian esa Sibilaning rollarini yoqtirib qolgandi, xolos. 
    U butun umri davomida õziga andarmon bo'lib yashadi, lekin asar yakunida u õziga yoqmay qolgandi. Barcha qilgan yovuzliklariga chin dildan pushaymon edi, ilgarigidek, yoshligidagidek sof va pokiza bo'lishni xoxlardi, ammo endi bunga kech, vasvasdan qutulishning birdan-bir yo‘li esa unga yon berish edi.
    Asar yakunida esa o'zining chirkin qalbni yo'q qilmoqchi bo'lgan "go'zal shahzoda" portretini yo'q qilib, o'z umriga zomin bo'ldi...
    Xullas, inson umri qisqa, bu hayot qonuni, unga qarshi chiqishning oqibati ayanchli yakun topadi.

    Agar ko'zgu qalbimizni ko'rsatganda edi, unga qaray olmasdik)

    Baholash: 0
Izohlar 0