Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 7-may 2023 y. 17:03

    104

    Inson hayotida davomida o'z vaqtida o'qiladigan kitoblar bor. Shu qoidaga qattiq amal qilishga harakat qilaman. Misol uchun uylanishdan oldin qiz topish va oilaga doir kitoblarni o'qiganman. Hozir esa farzandli bo'lganimizdan keyin farzand tarbiyasiga doir ko'p kitoblar o'qib tugatdim.

    Ularni ichida eng yoqqanlaridan biri Masaru Ibukaning "Uchdan keyin kech" kitobi bo'ldi. Zamonaviy uslabda yozilgan bu kitob uch yoshgacha farzandga qanday tarbiya berish kerakligini yoritib beradi. Misol uchun ustozlarimiz: "Farzandga yoshligidan hamma savollariga erinmasdan javob berish kerak" deb ko'p aytgandilar. Bu kitob esa zamonaviy holat bilan ana shu qoidani anglatib qo'ygan.

    Lekin kitobni ichidagi ba'zi bir tavsiyalarni olmaslik kerak deb o'ylayman. Sababi tavsiyalar muallifni qadriyatidan kelib chiqib yozilgan bo'lib, bizni qadriyatimizga tushmaydigan joylari ham bor. Lekin aksar tushadigan tavsiyalarni qo'llash orqali bolani yoshligidan yaxshi tarbiya bilan olib chiqsa bo'ladi nazarimda.

    Misol uchun: Bolaga o'yinchoq sotib olishda "Bolaning aqliy onggini rivojlantiradigan o'yinchoqlar sotib olish kerak" deb 5 betga yaqin sharxlab ketadi muallif. Yana bir iqtibos: "Bolaga kuzatuv sharoiti ta'minlang" deydi. Ya'ni xonani rang-barangligini ko'p ham emas, oz ham bo'lmasligi kerak.

    Kitobni ikkinchisi qismi esa "Uchgacha ayni vaqti" dir. Uni ham o'qib bo'ldim va yaqin kunlarda xulosalarimni bo'lishaman xudo xohlasa.

    Xullas farzand ko'rishga yaqin turgan do'stlarimizga yuqorida ismi keltirilgan kitobni o'qishni qattiq maslahat beraman.

    O'qiganlar bormi?

    Baholash: 0
Izohlar 0