Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 7-may 2023 y. 17:00

    148

    Bu Masaru Ibukaning "Uchdan keyin kech" kitobining ikkinchi qismi hisoblanadi. Kitobdan ko'p xulosalar olsa bo'ladi lekin undan oldin ikki o'giz tanqid. Kitobni ba'zi joylarida tarjimada muommolari bor va birinchi kitobda kelgan aksar fikrlar bu yerda ham aytib o'tilgan. Biz bunday kitoblar talif va tarjima qilinishini kutib qolamiz.

    Ba'zi bir iqtiboslarni keltirib o'taman:

    1. Eshitganlarini ma'nosini hali tushunmagani uchun bolani past baholamang. Go'dakning xotirasi u tushunguniga qadar barcha ma'lumotlarni saqlaydi

    2. Agar ota-ona nutqida ko'cha gaplari va qo'pol iboralar ko'p bo'lsa, bola ona tilining go'zalligini to'g'ri idrok qila olmaydi

    3. Bolaning oldida boshqa odamlarni tanqid qilmang. Ayniqsa, u hurmat qilishi kerak bo'lgan shaxslarni, masalan, uning o'qituvchilarini

    4. Bolaning oldida oila a'zolari va qarindoshlarni koyimang

    5. Bolaning yonida boshqa odamlarga uning kamchiliklarini aytmang

    6. Bolaga yolg'on gapirmang. Bolalar yolg'ondan nafratlanadilar.

    7. Bolaga qo'rqinch yoki xavotir singdirishi mumkin bo'lgan so'zlardan tiyiling.

    Baholash: 0
Izohlar 0