Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
  • 7-may 2023 y. 16:54

    239

    Raqam bilan tartiblab yozsam oson tushunilar ekan.

    1. Asarni nomiga qarab sevgi haqida ekan deb o'ylamang.

    2. Bir inson dunyoga kelibdiki hech narsaga qodir bo'lmaydi. Sekin astalik bilan o'rganadi, tajriba qiladi va hokazo. Keyin 15 yoshdan 50-60 yoshgacha aqlliligi va hayotiy bilimlari eng yuqori bosqichga chiqadi. Undan keyin yana zaiflashadi va bu dunyoni tark etadi.

    3. Asarda bosh qahramonni aqli zaif bo'lib, uni ma'lum bir tibbiy tajriba orqali aqlini yaxshilashadi. Bosh qahramon buni kundalik tutib yozib ketadi. Borgan sari yozishi va aqli ham rivojlanib boradi. Juda ko'p tillarni o'rganadi. Yana zaiflashib borib o'zini holatiga qaytadi.

    4. Asarni 2-xulosamga o'xshataman. Endi yana nima xulosa kelib chiqadi deyilsa dunyoga keldikmi yaxshi ishlarni qilib, yaxshi nom bilan ketishdi tushundim.

    5. Sen qanchalik aqlli bo'lib borsang, oldindagi odamlar kamayaveradi ekan.

    6. Aqli zaif bo‘lsa-da qalbida odamlarga nisbatan bo‘lgan ishonchi, muhabbati yuksak ehtiromini ko'rsatib bergan.

    7. Yana bir jihati aqli zaif yigitning ichki kechinmalarini o'z holicha mahorat bilan tarjima qilgan va ravon yetkazib bergan tarjimonga tasannolar aytamiz. Asaxiy books ga rahmat.

    Iqtibos: Shubhasiz, televizorga bo‘lgan muhabbat, o‘ylashni xohlamaslik natijasida paydo bo‘ladi.

    Baholash: 0
Izohlar 0