-
31-oktabr 2021 y. 15:12
433
"Inson ochiq hokimiyatga boʻysunish oʻrniga oʻzi uchun ichki hokimiyatni – vijdon yoki burchni – yaratdi. U insonni shu qadar samarali boshqaryaptiki, tashqi hokimiyat hech qachon bunday boshqara olmas edi."
Mendan ba'zida yaxshi psixologik kitob tavsiya qilishimni so'rashadi. Shu kungacha aytgan kitoblarim orasiga Frommni ham bemalol qo'shsam bo'ladi.
"Ozodlikdan qochish" - bu shunchaki kitob emas, u chaqiriq. Insonni oldin o'ylab ko'rmagan hayot sirlarini ochishga bo'lgan chaqirig'i. Tafakkur qilishga undaydigan burg'u.
Kitobni o'qishda men tavsiya qiladiganim: aslo shoshilmaslik kerak. Bunda "suv matn"lar yo'q. Har bir satrda insonni o'ylantirib qo'yadigan fikrlar berilgan.
Unda inson aslida mutlaq ozodlikni xohlamasligi, balki ko'pning bir qismi bo'lib yashashini xohlashini aytadi.
"Mutlaq yolg'izlikni his qilish psixik yemirilishga olib keladi. Bu xuddi jismoniy ochlik o'limga olib kelishiga o'xshaydi.
Individ boshqa odamlar orasida yashashi, biroq ozini mutlaqo yolgiz his etishi mumkin. Agar bu o'z chegarasidan o`tsa, shizofrenik tipdagi aqliy ojizlikka olib kelish ehtimoli bor".Bundan tashqari, kitobda menga oltunchi, Natsizm psixologiyasi ochib berilgan bob manzur bo'ldi. Fromm kitobni Ikkinchi jahon urushi davrida, ayni natsizm o'z cho'qqisiga yetgan davrda yozgan. Shundanmi keyinchalik bu kitob Germaniyada taqiqlarga uchragan.
Xullas, psixologiyaga va umuman foydali ozuqa olishni istovchilar uchun "chaqilmas yong'oq" asar lozim bo'lsa, "Ozodlikdan qochish" eng yaxshisi.
Yoqimli mutolaa!
Izohlar 0