-
31-oktabr 2021 y. 15:04
1374
— To'xta Lu! Nimadir haqida so'zlab ber!
— Xo'sh, yoshligimda eng sevimli libosim – bu asalari yo'lli paypoqlar bo'lgan:) Uni jonimdanda ortiq suyganman. Sen-chi, hayotda nimanidir shunday qattiq sevganmisan?JoJo Moyesning "To seni topgunimcha" asarini o'qiganimga ancha bo'ldi. Lekin bu asar menda juda manzur bo'lganidan bugun u haqida yozishga qaror qildim. Aksar kitoblarni ular asosida olingan badiiy filmlarni tomosha qilgach, o'qish istagi uyg'onadi. Bu hozirgi zamon uchun normal holat deb bilaman. Xullas, mavzudan chetlashmaylik.
Asar bosh qahramoni
Luiza Klark - yosh, quvnoq, samimiy va g'ayrutabiiy qiz. Afsuski, Lu hayotda moddiy tarafdan qiynalgan oilasiga yordam berish uchun orzusidagi hayot - katta shaharga borib dizayner bo'lishdam voz kechadi. Ish qidirib yurarkan, birorta ishda uzoq qola olmaydi. Toki taqdiri uni topmagunicha...Ishsizlikdan qiynalgan Luni motohalokatga uchrab, nogironga aylangan boy yigit - Uill Tyorner parvarishiga yollashadi. Yigit butun umr aktiv hayot kechirgan va endilikda nogironlar aravachasiga mahkum. Bunday taqdirdan to'ygan yigit ota-onasi bilan shartlashadi. Agar 6 oy ichidan hayotga o'zida muhabbat uyg'ota olmasa, joniga qasd qilishga qaror qilgan. Bechora ota-ona yangi enaga Lu Klarkdan endilikda injiq o'g'lining qarorini o'zgartirishida yordam berishini istashadi.
Ammo uning o'ziga ham bu hayotda oson emas. O'qishni istaydi, biroq uyda moliyaviy qiyinchiliklar bor. Opasi o'qiydi, ammo o'qishni tashlamoqchi, sevgan yigiti esa faqat sportni degani-degan. O'lganning ustiga tepgandek, qarovchisining harakteri ham juda yaramas... Xullas, shuncha qiyinchiliklarga qaramasdan, Lu shu hayotga pozitiv qarab, kurashishda davom etadi. Bu uning irodasi mustahkam qiz ekanini ko'rsatadi. Bu orada Uill Treynor ham asta-sekin qizga bo'lgan munosabatini o'zgartira boshlaydi.
Lu Klarkdagi eng asosiy jihat — bu uning o'ta g'ayritabiiy tarzda yorqin
liboslarda kiyinishi edi. Uill bunday ekzotik kiyinuvchi insonlar uchun bu shaharcha juda torligini, undagi salohiyat bemalol ko'p narsalarga qodirligini aytadi. "Hayotda bir marta yashaymiz, shunday ekan uni iloji boricha qiziqarliroq o'tkazishimiz lozim", - derdi Uill. U qizni o'z orzulari uchun kurashishga o'rgatadi.Luiza Klark bir so'z bilan aytganda, samimiy mehr va g'amxo'rlik insonni hayotini qanday kechishini belgilab berishi mumkinligini amalda isbotlaydi. U hayotda hech bo'lmasa, shunchaki yaxshi yashashni taklif etadi. Unda katta maqsadlar yoki qora niyatlar ham yo'q, u faqatgina o'z hayotini mazmunli o'tkazishni xohlaydi. Shunchaki baxtli yashash...
Har qanday baxti kulgan yigit kabi men ham hayotimda Uill Treynor Lu'ga tug'ilgan kunida asalari yo'lli paypoq sovg'a qilgan lahzada, xursandchilikdan osmonlarga sakragancha quvonib ketadigan qizni uchratishni istardim. Men Lu Klarkni uchratishni istardim.
To seni uchratgunimcha...
Izohlar 0