Kitobman.uz loyihasi haqida
Kitobman - O'zbekistondagi ilk onlayn kitobxonlar hamjamiyati. Bu yerda siz so'nggi chop etilgan kitoblarni, ularga bildirilgan taqrizlarni kuzatib borishingiz va shu bilan birga o'z fikrlaringizni bildirishingiz mumkin. Kitoblardan tashkil topgan katta ma'lumotlar ombori sizga istalgan kitoblar haqida ma'lumotlar topishga yordam beradi.
Albatta bu faqatgina kitoblarni to'playdigan yoki ularga taqriz qoldiradigan platforma emas. Bu haqiqiy kitobxonlar uchun suhbat qurish uchun ajoyib maskan. Siz taqrizlarga izohlar qoldirishingiz, ularni baholashingiz va shu orqali fikr almashishingiz mumkin bo'ladi.
Kitobman loyihasi boshlanishi...
Kitob – umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq do'st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo'q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu-odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan.
Lekin hozirda kunda jahonda bo'layotgan raqamlashtirish albatta har bir sohaga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Ijtimoiy tarmoqlar, onlayn kitoblar bularning barchasini kitobxonlik madaniyatini o'zgartirib yuboryapti desak mubolag'a bo'lmaydi. Mana shunday texnologiya rivojlanayotgan vaqtda farzandlarimiz, yosh avlodni kitobga yanada targ'ib etish maqsadida ochiq bir platforma tashkil etish va uni kitobxonlar uchun ijtimoiy tarmoq ko'rinishida amalga oshirish fikri keldi. Shundan so'ng, g'oyalar o'rtaga tashlandi va ish boshlab yuborildi.
Mutolaani sevasizmi? Unda bizga qo'shiling.
Kitobman - bu kitobxonlar uchun maydon. Ro'yxatdan o'tgan har bir foydalanuvchi o'z kutubxonasiga ega bo'ladi. Bu orqali u hozirda o'qiyotgan, o'qib bo'lgan va o'qimoqchi bo'lgan kitoblarni belgilab qo'yishi va kitobxonlarni shu orqali kitobxonlikga targ'ib ham qilishi mumkin.
Nima o'qisam ekan, hali hech ham kitob o'qib ko'rmaganman?
Bunda sizga taqrizlar ko'maklashadi. Platformada har bir kitob uchun taqriz yozish imkoniyati mavjud. Ayni kitobni o'qigan kitobxonlar, kitobdan olgan taasurotlarini ulashish orqali shu kitobni o'qimoqchi bo'lgan yoki o'qishni reja qilgan kitobxonlarga yordam berishadi.