Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Tushda kechgan umrlar

''Ikki eshik orası '', ''Dunyoning ishlari'' Bahor qaytmaydi" singari mashxur asarlar muallifi hissoblangan O'tkir Hoshimovning yana bir mashxur va  kitobxonlarning qalbidan joy olgan asarlaridan biri ''Tushda kechgan umrlar'' romanidir. Roman 1991-1992 yillarda yozilgan. Ilk bor Sharq yulduzi jurnalida e'lon qilingan.  1994-yilda esa, Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyotida chop etilgan. " Tushda kechgan umrlar" romani muallifning eng mashhur asarlaridan biri.

0 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
0 o'qigan
 
0 Taqriz
"Tushda kechgan umrlar" asarida bosh qahramon Rustamning fojiaviy qismati orqali afgʻon urushining maʼnosiz mohiyatini teran va taʼsirchan ifoda etilgan. Butun umri davomida totalitar rejim siyosatining qalqoni va qilichi sifatida ish koʻrgan, necha minglab halol odamlar dilini jarohatlagan, yostigʻini quritgan Komissar ham oʻziga xos fojiaviy obrazdir. Bu kimsaning fojiasi shundaki, u oʻzi olib borgan qora ishlarni haq deb biladi. Shuningdek asarda Qurbonoy xola obrazi ham keltiriladi. U boshiga tushgan shuncha qiyinchiliklarni matonat bilan yenggan o'zbek ayoli timsolida gavdalanadi.
Kitob nomi: Tushda kechgan umrlar
Kitobning asl nomi: Tushda kechgan umrlar
Nashr qilingan til: O'zbek
Kitobning asl tili: O'zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-5858-6-7
Nashr yili: 2019
Nashriyotchi: Ilm-Ziyo-Zakovat
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 7 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar