Qarzga olingan umr
Asarda avtopoygachi yosh yigit hamda og'ir kasallika chalingan qizning ehtirosli sevgi qissasi haqida hikoya qilinadi.
Kitob nomi: | Qarzga olingan umr |
---|---|
Kitobning asl nomi: | Geborgtes Leben' |
Nashr qilingan til: | O'zbekcha |
Kitobning asl tili: | Nemischa |
Formati: | Qattiq / 240 |
ISBN: | 978-9943-9082-7-7 |
Nashr yili: | 2023 |
Nashriyotchi: | Yangi asr avlodi |
Seriya: | 0 |
Yosh chegarasi: | None dan None gacha |
Taqrizlar
-
20-may 2023 y. 21:07
316
"U endi Klerfening o'rnini egallaydi, xuddiki, bir paytlar Klerfe boshqa bir poygachining o'rnini egallagandek, navbati bilan boshqasi Xolmanning o'rniga ega chiqadi."
Asli hayot ham shunday. Qachondir, baribir kimgadir o'rnimizni bo'shatib beramiz. Biz kutgan voqealar ham yuz beravermaydi.
Taqdir ularga juda ham qaltis xazil qildi. O'limini kutib yurgan, oq qonga chalingan Lilian edi. Uning hissiyotlari, xayoloti butkul boshqacha. U odamlarni kuzatishni yaxshi ko'rar, va bu dunyoning mehr va qahrga to'la ko'zlarini kuzatishni yaxshi ko'rardi. Bilmadim, negadir ba'zi o'rinlarda Lilianni Baxtiniso Mahmudovaga o'xshatdim. Ular juda ham samimiy. Hayotga bo'lgan muhabbati o'zgacha. Erta nima bo'lishini bilsa ham, tabiati sokinlikda.
Lekin Klerfening to'satdan yuz …