Asar qahramonlariga qisqacha tavsif bersak:Asar Yusufning bolalik paytidagi xotiralari bilan boshlanadi. Qish fasli, qor bilan qoplangan ko‘chada Yusuf hali hech kim yurmagan yo‘l (yo‘l – Yusuf hayoti ibtidosi, boshlanishi) da qadam tashlarkan, bundan ayricha zavq tuyadi. Ammo ortidan kelgan avtobus (mashina – hayot qiyinchiliklari, sinovlari) barcha xursandchiligini yo‘qqa chiqaradi.Yusufning tog‘asi Muhammadjon aka butun umrini jamiyat taraqqiyoti, xususan, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Marhamat rivojiga bag‘ishlagan. O‘z faoliyati davomida adolat, haqiqat uchun kurashib kelgan. Yurtning ozodlikka erishishi haqida eng avval anglab yetganlardan va mustaqillik qo‘lga kiritilgach ham oson bo‘lmasligini, hamma jabha ham bir tekis, bir maromda ketmasligini eng oldin tushunganlardan. Muallif buni Muhammadjon aka o‘z bog‘ida qushni qafasdan ozod qilib, uni uchirib yuborish epizodi orqali yaqqol tasvirlagan.Amir (Yusufning akasi) vaqt o‘tishi bilan hayot yo‘lida, yashashda o‘zining asl maqsadini, tiriklik mazmunini yo‘qotib qo‘yadi; tuzum almashgach, jo‘n aytganda nima qilishini, qanday yo‘l tutishini, hayotini qanday izga solishini bilolmay, o‘zini dinga qattiq bog‘lab (dinga o‘ta qattiq berilish, mutaassiblik orqali o‘z-o‘zini chalg‘itmoqchi) to‘g‘ri yo‘lni topmoqchi bo‘ladi. Ammo u bu yo‘lda ham oltin o‘rtalik – muvozanatni saqlay olmaydi. Bunga sirtdan qaraganda o‘sha davr, tuzum aybdordek, asl sabab esa Amirning o‘zi, uning shaxsiyatida. Gulshoda (Amirning ayoli) Amir aslida unga uni baxtli qilish uchun uylangandi, ammo ruhiyatudagi holatlar tufayli buning uddasidan chiqolmadi. Qaytanga Gulshodaning kasalligi ustiga, shuncha mashaqqat, qiyinchiliklar bilan yashagani (Amirning telba holiga tushishi, undan avval ham ro‘zg‘or tashvishlari Gulshodaning gardaniga tushgani) unga katta zarba bo‘ldi, o‘limini tezlashtirdi.
Kitob nomi: |
Muvozanat |
Kitobning asl nomi: |
Muvozanat |
Nashr qilingan til: |
O'zbek |
Kitobning asl tili: |
O'zbek |
Formati: |
A5 |
ISBN: |
978-9943-27-850-9 |
Nashr yili: |
2021 |
Nashriyotchi: |
Yangi asr avlodi |
Seriya: |
0 |
Yosh chegarasi: |
7 dan 70 gacha |
Taqrizlar
Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish
Iqtiboslar
Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud
emas.
Iqtibos qo'shish