Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Ishqqa oid 40 qoida (+18)

Ushbu kitob bugungi kunda asarlari zamonamiz bestselleriga aylanishga ulgurgan, Turkiya va AQSH yozuvchisi sifatida tanilgan Elif Shafaq tomonidan yozilgan. Unda ishq tuyg‘usi va odamlar orasidagi o‘zaro bir-birini tushunishday murakkab ruhiy muammolar mahorat bilan yoritib berilgan. Shuningdek, Sharqqa va Gʻarbga, o‘tmishda va hozirga oid motivlarning birlashib ketishi bilan o‘quvchi diqqatini o‘ziga tortadi.

10 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
5 o'qigan
 
0 Taqriz
Asardan iqtiboslar: "– Biz dunëdagi eng badavlat shaharda istiqomat qilmoqdamiz, – der edi qozi og‘ziga anjir solarkan. – Bugun Bag‘dod mŭg‘ullardan qochgan qochoqlar bilan tŭlib ketdi. Biz ularga boshpana berayapmiz. Bugun Bag‘dod dunëning markaziga aĭlandi, shundaĭmi, Bobo Zamin? – Bu shahar haqiqiĭ xazina, – ehtiyëtkorlik bilan dedim men. – Lekin shaharlar ham bandalarga ŭxshashini esimizdan chiqarmasligimiz kerak. Ular ham tug‘ilishadi, bolalik va yëshlik davrlarini boshdan kechirishadi, keĭin keksaĭishadi va oxiri qazo qilishadi. Hozir Bag‘dodning aĭni yëshlik chog‘i. Garchi biz hozir xalifa Xorun ar-Rashid davridagidek boĭ bŭlmasak-da, shahrimiz savdo-sotiq, san’at va she’riyat markazi ekanidan faxrlansak arziĭdi. Biroq ming ĭil- dan keĭin Bag‘dod qandaĭ bŭlishini hech kim bilmaĭdi. Hammasi ŭzgarib ketishi mumkin." *** " Ŭzlarini musulmon deb ataĭdigan, ammo kofirlardan ham badtar xavfli kimsalar bor. Zero, dinimiz- ni notŭg‘ri talqin etishdan kŭra xavfliroq hech nima ĭŭq." " Men darvishni iliq echki sutidan ichishga, shirin anjir va xurmodan tanovul qilishga taklif etdim, lekin u bularni odob bilan rad etdi. Ismini sŭraganimda ismi Shams Tabriziĭ ekanini va u Xudo izlab kezgan darbadar darvish ekanini aĭtdi. – Xŭsh, topdingmi Uni? – sŭradim men. Darvishning yuziga soya tushgandaĭ bŭldi; u bosh irg‘itdi. ga. – Albatta, U hamisha va hamma yëqda men bilan bir- Qozi odob saqlashni xayëliga ham keltirmasdan, hingillab kuldi: – Nima uchun siz darvishlar ŭz hayëtingizni bu qadar murakkablashtirib yuborasiz, shuni hech qachon tushunmaganman. Hamon Xudo hamisha va hamma yëqda sen bilan birga ekan, nima uchun dunë kezib Uni izlab yurasan? Shams bir zum boshini quĭi soldi va bir necha daqiqa javob qilmadi. Keĭin boshini kŭtardi. Uning chehrasi sokin, ovozi bir tekis edi: – Chunki Uni faqat izlaganlar topa oladilar. – Bu sŭz ŭĭini, – masxaraomuz kuldi qozi. – Sen bizni bir umr bir yerda yashab kelayëtganimiz uchun Xudoni topa olmaĭsizlar, demoqchimisan? Bŭlmagan gap. Hamma senga ŭxshab juldur kiĭimlar kiĭib, darbadar yurishi shart ekanda. Kulgu ovozlari keldi: odamlar shu zaĭl ŭzlarining qozi bilan hamfikr ekanliklarini bildirardilar. Bu baxtsiz, zaif, hukmronlik lavozimidagi odamlarga yëqishni istaĭdigan kishilar kulgusi edi."
Kitob nomi: Ishqqa oid 40 qoida (+18)
Kitobning asl nomi: 40 rules of love
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Yumshoq / 288
ISBN: 978-9943-5672-0-7
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Nihol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: None dan None gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish



Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar