Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari

Alif

Аlif shunday qudratli bir mehvarki, unda jam boʼlgan, birlashgan kishilar, parallel olamga sayohat qilishi mumkin. Аmmo bu birlashuv quvvatiga har kim ham dosh bera olmaydi. Аlifda boʼlish uchun kishi oʼz nafsi, mayllari ustidan gʼolib boʼlmogʼi darkor. Ushbu asar sufiylik, shamanlik va turli diniy taʼlimotlar haqida maʼlumotlarga boy. Injil va Qurondan ham oyatlar, sharhlar keltirilgan. Unda hayotda birgina vaqt borligi, u ham boʼlsa, hozirgi vaqt ekani aytiladi. Vaqt turgʼun emas. U mudom ilgarilaydi. Biz uning maʼlum bir nuqtasida mavjudmiz, xolos.

6 O'qimoqchi
 
0 o'qiyapti
 
2 o'qigan
 
1 Taqriz
Ushbu asar qisman yozuvchining avtobiografiyasi ham boʼlib, falsafiy ruhda bitilgan. Eʼtiqodi va ruhiyatida inqiroz yuzaga kelgan adib shaxsiy takomil yoʼlini sayohatda deb biladi. U sayohati davomida kashf qilgan insonlar, voqea-hodisalar, mistik vaziyatar va his-tuygʼularni kitobda yuatafsil aks ettirgan. Bu vvaziyatga har bir kitobxon tushgan boʼlishi, u tuygʼan hislarni har bir shaxs tuyishi, oʼxshash hodisalarni boshdan kechirishi mumkin. Paulo Koelьo xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan "Аlkimyogar", "Oʼn bir daqiqa", "Haj ziyorati" va "Doʼzax arxivi" asarlari muallifi. Uning kitoblari 160 mamlakatda 130 milliondan ortiq nusxada sotilgan va 72 tilga tarjima qilingan.
Kitob nomi: Alif
Kitobning asl nomi: Alif
Nashr qilingan til: O'zbekcha
Kitobning asl tili: Ingliz
Formati: Yumshoq / 308
ISBN: 978-9943-23166-5
Nashr yili: 2020
Nashriyotchi: Nihol nashr
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 16 dan 70 gacha

Taqrizlar

  • 7-may 2023 y. 16:54

    294

    Kitoblarni ham foydali foydasizi bo'ladi. Lekin kitob kimdur uchun foydali bo'lsa, kimdur uchun foydasiz bo'lar ekan. Mutolaa qilinayotgan holat va vaqtga ham bog'liq. Shuning uchun do'stlarga asar tavsiya qilishda ehtiyot bo'lish lozim. Kitob so'rayotgan insonni vaziyati, yoshi, fikrlashi ayniqsa oldin kitob ko'rgan ko'rmaganiga qarab tavsiya qilish kerak nazarimda. Bo'lmasa vaqtini isrof qilgan bo'lib qolamiz.

    Yuqorida zikr qilingan kitobimdan aytarlik hech qanday xulosa olmadim. Tan olishim mumkin, balki kamina asarga tushunmadimmi! Bilmadim. Balki muallif xulosani kitobni oxirida qoldirgandur deb o'ylab, oxirigacha o'qidim. Yo'q. Hech narsa yo'q.

    Endi qizig'i bu kitob "Asaxiy books" dan chiqqan. Ulardan doim biz o'quvchilar saviyali kitoblar kutib …

    Baholash: 0

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo'shish



Janr bo'yicha boshqa kitoblar