Kitobman.uz - O'zbekiston Kitobxonlari
Alimqul Sultonov

Tug'ilgan sanasi: 25 - yanvar, 1961 Davlati: O'zbekiston

1961-yilda Namangan viloyatining Chortoq tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. «Lenin uchquni» (hozirgi “Tong yulduzi”), “Turkiston” (hozirgi “Yoshlar ovozi”), “O‘zbekiston ovozi”, “Inson va qonun” gazetalarida masʼul vazifalarda ishlagan. Ayni paytda “Xalq so‘zi” gazetasida faoliyat yuritmoqda. "Shuhrat” medali hamda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” va “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishonlari sohibi. Adliya vazirligi tomonidan 2-darajali yurist maxsus unvon-martaba darajasi berilgan. 1996-yilda “G‘aroyib olam” birinchi kitobini, 2006-yilda aynan shu nomdagi ikkinchi kitobini chop ettirgan.

Yozuvchi kitoblari