-
7-may 2023 y. 16:54
295
Kitoblarni ham foydali foydasizi bo'ladi. Lekin kitob kimdur uchun foydali bo'lsa, kimdur uchun foydasiz bo'lar ekan. Mutolaa qilinayotgan holat va vaqtga ham bog'liq. Shuning uchun do'stlarga asar tavsiya qilishda ehtiyot bo'lish lozim. Kitob so'rayotgan insonni vaziyati, yoshi, fikrlashi ayniqsa oldin kitob ko'rgan ko'rmaganiga qarab tavsiya qilish kerak nazarimda. Bo'lmasa vaqtini isrof qilgan bo'lib qolamiz.
Yuqorida zikr qilingan kitobimdan aytarlik hech qanday xulosa olmadim. Tan olishim mumkin, balki kamina asarga tushunmadimmi! Bilmadim. Balki muallif xulosani kitobni oxirida qoldirgandur deb o'ylab, oxirigacha o'qidim. Yo'q. Hech narsa yo'q.
Endi qizig'i bu kitob "Asaxiy books" dan chiqqan. Ulardan doim biz o'quvchilar saviyali kitoblar kutib qolamiz. Bunday qilib bizni ishonchimizni so'ndirmasalar yaxshi bo'lar edi. Facebook dagi "Kitobxonlar davrasi" guruhida xulosa yozganlar bordur deb qidirsam jo'yali bir fikr bildirgan o'quvchini topa olmadim.
O'zim uchun vaqtimni bekor o'tkazdim deb o'ylayman. Endi sizni fikringizni bilmoqchiman Firuz Allayev va aziz kitobxonlar?
Izohlar 0